Ro‘zaning tibbiy foydalari

Bundan 1400 yil oldin ro‘za musulmonlarga farz qilinganda odamlar uning shifo xususiyatlari haqida ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lmagan. Hatto uni azob-uqubat va tanaga nisbatan haqoratdan o‘zga narsa emas deb hisoblaganlar ham uchrab turgan. Bugun turli ilmiy tadqiqotlar ro‘za butun tanaga shifobaxsh ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlayapti. Shu bois ham ochlik bilan davolash bo‘yicha juda ko‘p kitoblar yozilyapti, bu usul tibbiyotda keng qo‘llanilyapti. Hozir ochlik bilan davolash urf bo‘ldi. Hatto G‘arb mamlakatlarida shu usulda xizmat ko‘rsatuvchi maxsus shifoxonalar bor.

Odam vujudi shunday qurilgan: oziq-ovqat yetkazish to‘xtagan paytda butun kuch-quvvat organizmni zararli mikroblar, xasta to‘qimalar, o‘sma va xiltlardan tozalashga kirishadi.

Tadqiqotchi, tibbiyot fanlari doktori Robert Bartlou ilmiy izlanishlari, tajribalari bilan ro‘za organizmni tozalashda juda katta kuchga ega ekani va hatto boshlang‘ich bosqichdagi o‘smalarni yo‘qota olishi mumkinligini isbotladi.

Ochlik bilan davolanayotganlarni kuzatgan olimlar ularning sog‘ayib, turli kasalliklardan tamoman qutulib ketganlariga guvoh bo‘lishdi. Tajribalar ro‘za qonda xolesterin miqdorining kamayishiga, natijada yurakda qon laxtasi (tromb) tiqilishining oldi olinishiga sabab bo‘lishini ko‘rsatdi. AQSHda olib borilgan tadqiqotlar esa ro‘za qondagi qand moddasi va me’da shirasi kislotasini hech qanday dori vositalarisiz me’yorda saqlab turishini isbotladi.

Ochlik ta’sirlarini o‘rgangan germaniyalik olimlar kamida uch yoki to‘rt hafta mobaynida 10-15 soat hech narsa iste’mol qilmay yengil ish bilan shug‘ullanish sog‘lik uchun juda foydali degan xulosaga keldilar. Doktor Bill Shernber har yili bir oy ro‘za tutish tetiklik va yoshlik asosi ekanini ta’kidlaydi.

Odessa universiteti olimlari o‘tkazgan tajribalar ochlik tanadan zaharlarni har qanday dori-darmondan ko‘ra yaxshiroq chiqarib tashlashini ko‘rsatdi. Masalan, ro‘za paytida ammiakning chiqarilishi 100 barobarga kuchayadi.

Yuqoridagi barcha fikrlar ochlik bilan davolash va uning tanaga foydalari haqida. Biroq, ro‘zaning asab va ruh sog‘lomligiga ta’siri ham katta. Bunda eng ko‘zga ko‘rinadigan foyda insonda iroda mustahkamligi va taqvoning shakllanishidir. Eng kuchli dushman – nafs ustidan g‘alaba qozongan kishi juda mustahkam irodaga ega bo‘ladi, uning ongi xohish-istaklarni o‘ziga bo‘ysundiradi. Ko‘p hollarda xohish-istaklari quli bo‘lgan odam endi ularning xo‘jayiniga aylanadi.

Yana o‘qing:  MUSTAQILLIKNING QUTLUG‘ SAODATI

Fiziologiya qonunlariga ko‘ra refleks shakllanishi uchun bir oy kifoya qiladi. Bir oy ro‘za tutgan kishida Alloh qaytargan narsalardan tiyilish refleksi paydo bo‘ladi.

Odamlar odatda fan tasdiqlagan, amalda isbotini topgan narsalarga ko‘proq ishonadi. Biroq, ro‘zaning hali fan aniqlolmagan foydalari bo‘lishi shubhasiz. Bu foydalar asta-sekin o‘z isbotini topadi.

Orifjon MADVALIYEV

tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: