SAMARQAND YULDUZLARI

Samarqand eshkak eshish kanalida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha “Samarqand yulduzlari” xalqaro musobaqasi yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda “Rowing & Canoe” federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan turnirda yurtimiz vakillari bilan birga Fransiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Venesuela, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlaridan kelgan sportchilar qatnashdi.

Musobaqaning birinchi kunida o‘smirlar va katta yoshdagi baydarka va kanoechilar yakkalik, ikki va to‘rt kishilik qayiqlarda 1000 metr masofada bellashishdi. Ushbu bahslarda yurtimiz vakillari eng ko‘p medallarni qo‘lga kiritdilar.

Ikkinchi va uchinchi kunlarda sportchilar 500 va 200 metr masofada o‘zaro musobaqalashdi. Bu bellashuvlarda asosan hamyurtlarimiz bilan birga Janubiy Koreya, Hindiston va fransiyalik eshkakchilar g‘oliblik uchun astoydil harakat qildilar. Sofiya Yemelyanova, Yekaterina Zarkova, Serik Mirbekov, Mirziyod Hojiyev, Aleksandr Tixonov, Vladislav Patofeev kabi vakillarimiz shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

Turnirning yakuniy musobaqasi – baydarka va kanoeda 5000 metr masofani bosib o‘tish bahslari ham keskin kurashlarga boy bo‘ldi. Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda hamyurtimiz Mariya Gorn marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Shuningdek, mahoratli baydarkachilarimiz Aleksey Mochalov birinchi va Sergey Borzov ikkinchi o‘rinni egalladi.

Xalqaro musobaqa davomida sportchilar 88 medallar jamlanmasi uchun kurash olib bordi va bunda yurtimiz vakillari yetakchilik qildi.

Yana o‘qing:  BARCHAGA MANZUR BO‘LDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: