KOFE – 2-TUR QANDLI DIABETNING OLDINI OLADI

Kofe ichishni xush ko‘rish 2-tur qandli diabetning oldini oladi deb xabar beradi Diabetes Care nashri. Garvard universiteti olimlari 1996-2013 yillar davomida ko‘ngillilar bilan 28 ta tadqiqot o‘tkazishdi.

Tajribada shu narsa ma’lum bo‘ldiki, tadqiqotlarda ishtirok etgan bir milliondan ziyod ko‘ngillilarning 45335 nafaridagina 2-tur qandli diabet kuzatilgan. Yakuniy xulosaga ko‘ra bir kunda 1-6 finjon kofe ichuvchilarga kasallik rivojlanish xavfi kofe ichmaydigan ko‘ngillilar bilan qiyoslaganda 0,92, 0,85, 0,79, 0,75, 0,71 va 0,67 nisbatda uchraydi. Shuningdek, tarkibida kofein moddasi bo‘lmagan kofe iste’mol qilish 2-tur qandli diabet rivojlanish xavfini kamaytiradi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha yana yangi met-analizlar o‘tkazish zarur. Chunki, so‘nggi paytlarda tarkibida kofein bor kofe va bu modda bo‘lmagan qahvani iste’mol qilganda organizmga qanday ta’sir etishi xususidagi qiyosiy tahlillar mavjud ilmiy ishlar paydo bo‘la boshladi.

Shuningdek, kofein hilpillovchi aritmiya (yurak kasalligi)ning rivojlanishining oldini olar ekan. Xitoylik olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra har kuni 300 mg kofein iste’mol qilish bu xastalik rivojlanishining 6 foiz oldini olar ekan. Yana kofein xotirani ham yaxshilashi kuzatilgan.

Yana o‘qing:  Hiqichoqqa limon davo

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: