OSIYONING ISTE’DODLI ShAXMATCHI BOLALARI TOSHKENTDA

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlandi.

Istiqlol yillarida o‘zbek shaxmatchilari jahon va qit’a chempionatlari, turli nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda. Yaqinda Gretsiyaning Kavala shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida aka-uka Islombek va Javohir Sindorovning ikkitadan oltin medalni qo‘lga kiritgani, so‘zimizning yaqqol tasdig‘idir.

Nufuzli musobaqa Osiyo shaxmat federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamda mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi tomonidan yoshlar o‘rtasida shaxmatni yanada ommalashtirish, sportchilarimizning xalqaro tajribasini oshirish, o‘zbek shaxmat maktabi imkoniyatlari va salohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.

Mazkur chempionatda 200 nafarga yaqin shaxmatchi g‘oliblik uchun dona surmoqda. Ushbu musobaqning rapid – tezkor shaxmat bahslarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Shveysarcha tizimda yetti turdan iborat bahsda o‘z mahoratini namoyish etgan shaxmatchilarimiz ikkita oltin va bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

O‘n ikki yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar bahsida qatnashgan Nodirbek Yoqubboyev 6 ochko jamg‘arib birinchi o‘rinni egalladi. Hindistonlik Aravind Ram ikkinchi, mo‘g‘ulistonlik Yondonjams Erdemdalay uchinchi pog‘onadan joy oldi.

Olti yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar bahsida yosh shaxmatchimiz Oqjol Rahmatullayev ham olti ochko jamg‘argan holda Osiyo chempioni bo‘ldi.

Sakkiz yoshgacha qizlar bahsida qatnashgan Omina Nazarova besh ochko bilan bronza medalni qo‘lga kiritdi.

28 iyunga qadar davom etadigan musobaqada Islombek va Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov, Lobar Rahmatjonova va Dilbar Hamroyeva singari iste’dodli yosh shaxmatchilar mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  Sport – shavqim, shiddatim

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: