Shifobaxsh ne’matlar (davomi)

YONG‘OQ

Xom yong‘oq qobiq shirasidan temiratki (ekzema), dermatoz kabi teri kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Revmatizm (bod) va raxit kasalliklarida yong‘oq barglaridan tayyorlangan qaynatmada vanna qilinadi. Yong‘oq bargidan damlama ham tayyorlanadi.

Yaprog‘i va qobig‘i burishtiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, qon oqishga qarshi foydasi bor.

Yog‘i saramas (roja) va oqma yaralarga foyda qiladi. Uning murabbosi mijozi sovuq me’daga foydalidir.

Yong‘oq ayniqsa, qovurilgani kindik ustiga sepilsa, ichak og‘riqlarini bosadi va ichni to‘xtatadi. Murabbosi sovuq mijozli buyrakka foydali. Bu meva gijjalarni va qovoq urug‘isimon gijjani haydaydi.

BODOM

Xalq tabobatida shirin bodom mag‘zining qand bilan aralashtirilgani nafas qisishi, bosh aylanish singari kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladi.

Achchiq bodom – oziq emas, faqat doridir. Shirin bodom esa yaxshi oziqdir.

Bodomning bu turi sepkil, nuqtali qontalash, oftobdan qorayishga qarshi qo‘llaniladi. U yuzdagi ajinlarni ham yozib yuboradi. Shirin bodom yeyilsa, semirtiradi.

Quloqning og‘rishi va g‘uvullashida foyda qiladi, ayniqsa, achchiq bodomning yog‘i va uning yanchilgani foyda qiladi.

Agar bodom daraxtining ildizini mayda tuyib, sirka bilan yoki gul yog‘i bilan qo‘shib peshonaga qo‘yib bog‘lansa, bosh og‘rig‘iga foyda qiladi. Achchiq bodomning yog‘i ham shunday ta’sir etadi.

Bu meva ko‘rish quvvatini kuchaytiradi.

Achchiq bodom bug‘doy kraxmali bilan birga qo‘shib ishlatilganda qon tuflashga, uzoq davom etayotgan astma (ziqqinafas) va zotiljamga foyda qiladi. Tuyilgan bodom yo‘tal va qon tuflashga foydalidir.

Bodom ayniqsa, achchiq bodom jigar va taloqdagi tiqilmalarni ochadi. Agar uning yangisini po‘stlog‘i bilan yeyilsa me’dani namlikdan tozalaydi.

Achchiq bodom buyrakdagi tiqilmalarni ochadi. Uning yog‘i esa buyrakni va qovuqni tozalaydi, toshlarni maydalaydi. Ayniqsa, gulsafsar ildizi bilan qo‘shib ichilsa, yaxshi foyda qiladi.

JIYDA

Jiyda mevasi yoki uning damlamasidan bolalarda uchraydigan ich ketishi, nafas yo‘llari shamollaganda, me’da-ichak kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.

Tibbiyotda ham keng foydalaniladi. Bu meva har qanday oqayotgan narsani to‘xtatadi. Uning burishtirishda va ichni qotirishda quvvati do‘lananikidan ko‘proqdir.

Issiqdan bo‘lgan yo‘talga foydalidir. Qusishni to‘xtatadi. Jiyda tez-tez peshob kelishida foydalidir. Safrodan bo‘lgan ichak shilinishida shifobaxsh. Jiyda ich ketishini to‘xtatadi.

Yana o‘qing:  Surunkali og‘riqlardan jismoniy faollikni oshirish orqali xalos bo‘lish mumkin

Mahfuza IMOMOVA tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: