“GO‘ZALLIK QAROQCHILARI” ayollarning dahshatli dushmani(mi?)
Buyuk Britaniyaning CACI Microlift kompaniyasi mutaxassislari qizlar o‘rtasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida, ular 24 yoshdan boshlab ajin paydo bo‘lishidan xavotirga tusha boshlaydilar, degan xulosaga keldi.
Shu bilan bir qatorda qizlar 21 yoshdan yoshartiruvchi pardoz vositalaridan foydalanishni boshlashlari ham ma’lum bo‘ldi. Ajablanarlisi, terining qarish alomatlari faqatgina 28 yoshdan keyin sezila boshlaydi.
Tadqiqotda ishtirok etgan qizlarning aksariyati ajinlar ularga atrofidagilar orasida o‘zlarini erkin tutishlariga xalal beradi deb hisoblashadi. Ishtirokchilarning 42 foizi chekish va spirtli ichimliklar iste’mol qilish qarishni tezlashtiradi degan fikrda. 57 foiz ishtirokchi esa qarishni tezlashtiradigan asosiy sabab ishdagi va shaxsiy hayotdagi asabbuzarliklar degan fikrda qat’iy turishdi.
Tadqiqotlar natijasida ko‘z qismiga tushadigan ajinlar qizlarning kuchli xavotiriga sabab bo‘lishi ma’lum, bo‘ldi (76 foiz ishtirokchi). Undan so‘ng peshona, bo‘yin va og‘iz atrofida paydo bo‘ladigan “go‘zallik qaroqchilari” qizlarga katta muammo bo‘lib tuyuladi.