Faroyib stul
Faroyib ixtiro sifatida e’tirof etilayotgan, ofisga mo‘ljallangan Fitball kursilari o‘z qaddi-qomati uchun qayg‘uradigan kishilar uchundir. Ish faoliyati chog‘ida 8-9 soat davomida kompyuter qarshisida o‘tiraverish ham kishi beliga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin.
Ushbu kursilar esa ostexondrozning oldini olib, bel mushaklarini mustahkamlaydi. Uning asosini fitnes uchun shar tashkil etadi. Bu kursini ixtiro qilgan kashfiyotchilar kun davomida mazkur qurilmaga o‘tirishini tavsiya etishmoqda. Sababi, bu kursi kishi qomatini ish vaqtida ham tik tutishga yordam beradi. Hatto, biroz mushaklarni bo‘shashtirish uchun unga vaqti-vaqti bilan yotib tursa ham bo‘ladi. Bu inson salomatligi uchun yordam beradi.
Guli NOZ