Xonadonimizdagi teleoyna

bizga nimalarni namoyish etadi?!

Inson ongiga sezish a’zolari orqali uzatilgan axborotlar vositasida harakatlanadi va hayot kechiradi. U tabiat, borliq hatto, yo‘qlikdan ham ta’sirlanib yashaydi. Inson faqat ko‘rgan-kechirganlari bilan emas, balki atrofdan uzatilayotgan ma’lumotlarni qabul qilib mukammallik kasb etadi. Ya’ni, tinmay izlanishi, kitob o‘qishi, ziyoli, bilimli insonlar suhbatidan bahramand bo‘lishi va shuningdek, ommaviy axborot vositalari bilan hamnafas umr kechirmog‘i darkor. Negaki, gazeta, radio, televideniye va internet tarmog‘i insoniyatni butun dunyo bilan bog‘lab turuvchi, uni jahon va mamlakatda sodir bo‘layotgan turli voqea va hodisalarning tafsilotlaridan boxabar qiluvchi asosiy vositadir.

Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz”.

Gazeta so‘z orqali, radio so‘z va ovoz bilan, televideniye esa so‘z, ovoz hamda tasvir vositasida tomoshabinga ta’sir ko‘rsatadi. Bularning orasida televideniyening ta’sir doirasi har ikkisidan ham kengroq. Ma’lumki, matbuot va radio materiallariga nisbatan teleko‘rsatuv va dasturlar, oynai jahon orqali namoyish etilayotgan film va turli klip-lavhalarning muxlislar qamrovi ko‘p.

Shu boisdan ham televideniyening ijodiy jamoasi zimmasiga og‘irroq mas’uliyat yuklanib, ulardan yana va yana izlanish, qattiq mehnat talab qiladi. Hozirda aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bu mas’uliyatni anglagan holda samarali mehnat qilmoqda. Buni efirlarni band qilgan bir-biridan qiziqarli dasturlar, ko‘rsatuvlar orqali anglab yetish mumkin. Jumladan, “O‘zbekiston” telekanali orqali doim berib boriladigan “Assalom, O‘zbekiston”, “Zakovat”, “Bir jinoyat izidan”, “Oydin hayot”, “Yoshlar” telekanalidagi “Nuqtai nazar”, “Kinomaniya”, “Ko‘zmunchoq”, “Jinoyat va jazo” kabi dastur va ko‘rsatuvlarning o‘z tomoshabini bo‘lib, ular insonlarning madaniy hordiq chiqarishiga xizmat qilishi bilan birga iqtisodiy, tibbiy, huquqiy bilimlarining shakllanishiga ham turtki bo‘ladi.

Birgina “Assalom, O‘zbekiston” dasturini olib qaraydigan bo‘lsak, u bir-biridan mazmunli hamda foydali sahifalari bilan tomoshabinni ekran qarshisiga muhrlay oladi. Sababi, dastur keng tomoshabinlar auditoriyasiga mo‘ljallanib tasvirga tushiriladi va taqdim etiladi. Uni jajji bolajonlar ham, nuroniy onaxon, otaxonlar ham birdek maroq bilan ko‘rib boradi.

Yana o‘qing:  Ta’limda xalqaro aloqalar rivojlanmoqda

Dastur va ko‘rsatuvlarning milliy madaniyatimizga muvofiq holda yoshu qariga mos bo‘lishi televizor qarshisidagi tomoshabin uchun g‘oyat ahamiyatli ekani sir emas. Afsuski, ba’zida ekran qarshisida o‘tirib nima ko‘rayotganimiz, nima uchun ko‘rayotganimizni ham bilmay qoladigan dasturlar borligi ham ayni haqiqatdir. Ayniqsa, oila davrasida birgalikda ko‘rib bo‘lmaydigan ekran mahsulotlari dilni xira qiladi.

Ba’zida o‘zimizning televideniye dasturlari orqali namoyish qilinayotgan xorijiy seriallar, xususiy studiyalarda tayyorlanib, katta ekranlarga chiqayotgan kinolarda milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizga umuman zid bo‘lgan yengil-elpi hayotni targ‘ib qiladigan kadrlar namoyish etiladi, bular, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yoshlarimizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Odam ularni ko‘rib na hordiq chiqaradi, na ma’naviy ozuqa oladi. Bu albatta, tomoshabin etikasiga ham bog‘liq. Har kimning dunyoqarashi har xil, biroq, efirda ketayotgan kadr va lavhalar tomoshabinning dunyoqarashini kengaytirish o‘rniga uni jar yoqasiga olib kelsa, g‘arazli fikrlar tug‘dirsa, bu to‘g‘ri sanalarmikan?

Oybek TEShABOYEV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: