G‘OLIB O‘G‘LON

O‘zbekiston karate federatsiyasining mashqlar o‘tkaziladigan zalida yoshlar mashq qilishmoqda. Ularning harakatlari, har bir mashqqa o‘zgacha yondoshishi bir so‘z bilan aytganda bolalarning o‘zini tutishi kishini o‘ziga jalb etadi.

Biz terma jamoa a`zosi, qora belbog‘ sohibi Rahimbek Ahmadjon o‘g‘li bilan suhbatlashdik. Asli xorazmlik bu o‘smir yigit O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilingach, poytaxtimizdagi 110-maktabda o‘qishni davom ettirdi. Ayni kunda 1-respublika yuridik kollejida a`lo baholarga o‘qish bilan birga sevimli mashg‘ulotlariga ham vaqt topadi.

– Sport menga kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Mashqlardan keyin o‘zimni yanada tetik his qilaman. Bilimga intilishim yanada ortadi. Niyatim kelajakda otamdek huquqshunos bo‘lib, hayotda o‘z o‘rnimni topib yashash, – deydi yosh sportchi faxr bilan.

Rahimjonning yutuqlari e`tiborga molik. U tinimsiz mehnatlari bois ketma-ket muvaffaqiyatlarga erisha boshladi. 2008-yil Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Karate bo‘yicha bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida ikki bor birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Rahimbek Ahmadjon o‘g‘li 2007-yil Bolgariyaning Varna shahrida bo‘lib o‘tgan 16-bolalar jahon kubogi musobaqalarida bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 2010-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan karate bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogida yosh sportchi ikkinchi o‘rinni egalladi.

Rahimbek 2011-yili Janubiy Koreyada o‘tkazilgan jahon kubogi musobaqalarida, Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni, shuningdek, 2012-yilgi O‘zbekiston chempionatida ham ikkinchi o‘rinni egalladi.

Otasiga o‘xshashni niyat qilib oldinga intilayotgan bu o‘smir yigitning orzulari ushalishida yaqinlarining ishonchi, ustozlarining o‘giti muhim o‘rin tutmoqda. Bunday yoshlar yurtimizning kelajagi, muhimi ular davlatimiz tomonidan yaratilgan barcha shart-sharoitlardan unumli foydalanishga intilmoqdalar.

Zulfiya OTABOYEVA

Яна ўқинг:  БОЛА ВА МУТОЛАА

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: