Ovqatlanish madaniyati – sog‘liq kafolati

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Salomatlik” guruhi, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi va Butunjahon sabzavotchilik markazining mintaqaviy ofisi hamkorligida “Sog‘lom avlod tarbiyasida sog‘lom ovqatlanishni tashkil qilish masalalari”ga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda o‘zbek oshxonalari va uy sharoitida go‘sht mahsulotlari o‘rnini bosuvchi oqsilli o‘simlik, vitamin va protobiontlarga boy meva va sabzavot, hozirgi kunda keng iste’mol qilinadigan zararli ovqatlardan saqlanib, asosan sifatli va ekologik jihatdan toza mahsulotlardan foydalanish, noto‘g‘ri ovqatlanish sababli kelib chiqadigan turli kasalliklar va ularning oldini olishga qaratilgan masalar asosiy maqsad qilib belgilandi.

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Oshpazlar assotsiyasiyasi oshpazlari tomonidan tayyorlangan taomlarning degustatsiyasi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida ovqatlanishni to‘g‘ri shakllantirish va O‘zbekistonda yoshlarning ovqatlanishini yaxshilash bo‘yicha strategiya ishlab chiqildi.

Ruxsora ATOYEVA

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: