SINF KUTUBXONALARI: yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yanada shakllantiradi

Biz kitoblarni ma’no-mazmuniga qarab mutolaa qilamiz. Badiiy, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy kitoblar orqali o‘sib kelayotgan yosh avlod, qolaversa, har bir kitobxon bilim saviyasini oshiradi. Tafakkurini rivojlantiradi. Fikr doirasini kengaytiradi va ma’naviy-ruhiy ozuqa oladi.

Maktabimizdagi Axborot-resurs markazida jami 3 ming 475 ta badiiy, ilmiy kitob va darslik mavjud. Ayni paytda kutubxona xodimlarining diqqat-e’tibori yosh avlodni barkamol insonlar etib tarbiyalash, ulardagi ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan. Birgina 2013-2014 o‘quv yilida nashrdan chiqqan yangi badiiy adabiyotlar ko‘rgazmalari, ma’rifiy tadbirlar, eng qiziqarli nashrlar to‘g‘risida bibliografik suhbatlar uyushtirildi. Kutubxona videotekasidagi filmlar namoyishi, shuningdek, mahalliy yozuvchi va shoirlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi.

Muassasamizda sinf kutubxonalari tashkil etish tashabbusi boshlangani yaxshi samara bermoqda. Mutaxassislarning fikricha, bunday kutubxonalar o‘quv xonasining qaysi fanga mo‘ljallanganiga qarab tashkil etilishi kerak. Joriy o‘quv yilida bir qator sinflarda ona tili va adabiyot, biologiya hamda matematika fanlaridan tashqari badiiy kitoblar, rasm va fotosuratlar to‘plash ham yo‘lga qo‘yildi. Jonkuyar kitobxonlardan Gulhayo Turdiqulova, Bosim Botirov va Shoira Qobilova o‘tgan o‘quv yilida Jizzax shahar maktablararo o‘tkazilgan “Kitob marafoni”da faol ishtirok etib, birinchi o‘rinni egalladi. Kitobsevarlardan Mahbuba Xolmatova viloyat kitobsevarlar ko‘rik-tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Yuqorida tilga olingan o‘quvchilarning shaxsiy kutubxonasida 60 ga yaqin badiiy adabiyotlar mavjud bo‘lib, ular kitob zaxirasini yildan yilga boyitib bormoqda.

Kutubxona xodimlari va pedagoglarning asosiy vazifasi yosh avlod qalbida xalqimizning madaniy, ma’rifiy, tarixiy yodgorliklarini, milliy urf-odatlarimiz va an’analarimizga e’tiqod tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilmog‘i lozim. Bunda esa o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan munosabatlarini yaxshilash, muhabbatini oshirish kerak. Bugungi kunda turli elektron ommaviy axborot vositalari kitobxonni katta adabiyotdan biroz bo‘lsa-da uzoqlashtirib qo‘ymoqda. Biroq, kitob – ulkan mo‘jiza, undan aslo yuz o‘girmasligimiz lozim. Ko‘p kitob o‘qigan kishining fikrlash doirasi kengayishi va hayotni oson anglashi barchamizga ayon.

Hulkar MURODOVA,

Jizzax shahridagi 22-umumta’lim maktabi ARM mudirasi

Yana o‘qing:  Bilim, ishtiyoq, samara

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: