BAXTLI BOLALIK MASKANI

Maxsus jihozlangan maydonchada miriqib o‘ynayotgan, qo‘shiq kuylayotgan, she’r aytayotgan kichkintoylarni ko‘rib kimning ham zavqi kelmaydi, deysiz. Bolajonlarning dam olishlari, ovqatlanishlari, ularni jismoniy va aqliy jihatdan barkamol rivojlanishiga zamin yaratuvchi mashqlar bilan shug‘ullanishiga qulay bo‘lgan keng, yorug‘ va ozoda xonalarni aytmaysizmi.

Jizzax shahridagi 40-sonli Aziza nomli maktabgacha ta’lim muassasasida kelajak egalarining barkamolligini, sog‘lig‘ini ta’minlashga qaratilgan barcha shart-sharoitlar muhayyo etilganligi maqtovga arzigulikdir.

Tinib-tinchimas tarbiyachi Shahlo Mahkamova rahbarlik qilayotgan “Qaldirg‘och” guruhida bo‘lib, bunga yana bir karra ishonch hosil qildik. Bolalar qo‘li bilan yasalgan shaklan oddiy bo‘lsa-da, chiroyli buyumlar, turli o‘yinchoqlardan iborat tabiat burchaklari tashkil etilgan. Konstitutsiyamiz, davlatimiz ramzlari, yo‘l harakati qoidalariga rasmli, bezakli devoriy lavhalar esa bolajonlarni katta hayotga tayyorlashga xizmat qiladi. Tarbiyachi texnik vositalardan keng foydalanib, mashg‘ulotlarning qiziqarli va ta’sirchanligini ta’minlamoqda.

“Boychechak” guruhi yetakchisi, “Yil tarbiyachisi – 2011” viloyat ko‘rik-tanlovi ishtirokchisi Sabohat Odilova kichkintoylar tarbiyasi uchun tajriba va mahoratini ayamayotganligi bois jamoada hurmat-e’tibori baland. Guruhdagi bolajonlar ham har tomonlama faol.

Umuman, bu muassasada 250 nafar bolajonlarning jismoniy va ma’naviy jihatdan sog‘lom, barkamol bo‘lib voyaga yetishida 18 nafar malakali pedagog va tarbiyachilarning har biri izlanishda ekanligiga amin bo‘ldik. Muassasada ingliz tili, musiqa, badiiy gimnastika, shaxmat-shashka kabi o‘nga yaqin to‘garaklar faoliyat yurityapti. O‘tgan 2011-2012 o‘quv yilida muassasa tarbiyalanuvchilari viloyatda o‘tkazilgan shashka musobaqasida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Badiiy gimnastika va milliy kurashda esa faxrli o‘rinlarni egallashdi.

– Biz bolajonlarni aqliy va mustaqil fikrlashga o‘rgatish va maktab ta’limiga tayyorlashni asosiy maqsad qilib harakat qilyapmiz, – deydi muassasa mudirasi, oliy toifali pedagog B.Zuhurova. – Mehnatimizning samarasini bolajonlar kelajagida ko‘rsak, o‘zimizni baxtiyor his etamiz.

Tarbiyalanuvchilarni sog‘lom va ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashda tarbiyalanuvchilardan Alfiya Yakubova, Nigora Oripova, uslubchi Hilola Jamolova, sport yo‘riqchisi Baxtiyor Mahmudov va musiqa rahbari Davron Odilovlarning ham munosib hissalari bor. Tozalik kuni, umumxalq hasharlariga e’tibor qaratilmoqda. Muhim, shonli va unutilmas kunlarga atab turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Abdulla SAIDOV

Yana o‘qing:  ONA TILIGA EHTIROM

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: