Keling, baho qo‘yaman

Xonzodaxon Dilmurod qizi endigina 2 yoshdan oshgan bo‘lsa-da barmoqlari yordamida ancha-muncha sanashni o‘rganib olgan. Ziyrak qizaloq o‘yinchoqlarini, qo‘g‘irchoqlarini o‘ynab bo‘lganidan so‘ng ularni aslo xafa qilmasdan avaylab, joy-joyiga qo‘yishni aslo unutmaydi.

Sarishtalikni oyijonisiga taqlidan o‘rganayotgan Xonzodaxon yurtimizdagi barcha aka-opalarini “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami bilan tabriklab, ularga shunday topishmoq-savol yo‘llabdi.

O‘ng qo‘limda besh barmoq,

Buni barcha biladi.

Chap qo‘limdagin qo‘shsam,

Ayting nechta bo‘ladi?

.. dedingiz xo‘p mayli,

Bahongizni oshirdim.

Siz sanang, oyoqlarim

Barmoqlarin yashirdim.

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: