Eng ajoyib tuhfa

Samarqand tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli 16-umumta’lim maktabida “Maktab – kutubxona – oila” mavzuida jamoat tashkilotlari xayriya marafoni bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar ushbu xayriya marafonining ahamiyati, uning yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir davomida homiylar tomonidan taqdim etilgan badiiy kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, o‘quvchilar taniqli shoirlar she’rlaridan yod aytishib, dilrabo kuy va qo‘shiqlar, raqslar ijro etishdi.

– Bizda maktab va mahalla hamkorligi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Haftaning har juma kuni maktabda mahalla faollari bilan yig‘ilishlar o‘tkazamiz. Unda maktab o‘qituvchilari ham ishtirok etadi. Unda o‘quvchilar hayotiga oid dolzarb masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashamiz, – deydi “O‘rtashiq” MFY raisi Shodmon Azizov. – Shuningdek, mahallamizda o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligida kitob taqdimotlarini o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan. Bu nafaqat o‘quvchilarni, balki ularning ota-onalarini ham kitob bilan yaqin bo‘lishlariga yordam berayapti.

Tadbir so‘nggida Samarqand tumanidagi “Farhod-S” fermer xo‘jaligi raisi Homid Tolibov maktab kutubxona fondiga bir million so‘mlik kitoblar taqdim etdi.

Islom XUDOYQULOV,

Samarqand viloyati

Yana o‘qing:  Zarg‘aldoq o‘riklar – yurak shifosi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: