Bolajonlarga ekologik tarbiya
Yunusobod tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tasarrufidagi “Do‘stlik” nomli 110-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Muassasada tayyorlov guruh tarbiyachisi F.Gayfullina tomonidan “Tabiat va men” nomi ostida tarbiyaviy soat bo‘lib o‘tdi. Dars soatlari turli ko‘rgazmali qurollar orqali olib borildi. Qiziqarli ertak, topishmoqlardan foydalanilish esa dars soatining samarali o‘tishini ta’minladi. Mazkur tarbiyaviy soat bolajonlar ongida ekologik madaniyatning shakllanishi, ular orasida ona tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatning yuksalishiga xizmat qiladi.
Ozoda TURSUNBOYEVA