KARAM SARATONNI YeNGISHDA YORDAM BERADI

Xitoylik mutaxassislarning fikricha karam va krestguldoshlar oilasiga mansub bo‘lgan boshqa sabzavotlarni iste’mol qilish ko‘krak bezi saratoni kasalligini yengishda yordam beradi.

O‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, doimiy karam iste’mol qiluvchi ana shunday bemorlarning o‘lim holatlari karam iste’mol qilmaydigan bemorlarga qaraganda 62 foizga kamroq yuz bergan bo‘lsa, uning qaytalanishi 35 foizga kamaygan.

– Tadqiqotlar krestguldoshlar oilasiga mansub sabzavotlar tarkibi ko‘krak bezi saratonidan himoya qiluvchi biofaol moddalarga boy ekanini ko‘rsatmoqda, – deya xitoylik hamkasb­larining fikrlarini ma’qullashmoqda amerikalik bir guruh mutaxassislar.

Asosan Xitoy karamini ma’qul ko‘ruvchi xitoylik ayollardan farqli ravishda g‘arblik ayollar ko‘proq gulkaram, brokkoli va Bryussel karamini iste’mol qilishadi.

Shunday qilib krestguldoshlar oilasiga mansub sabzavotlar (xantal, sholg‘om, xitoy karami, gulkaram, yashil karam, ko‘kat va shu kabilar) nafaqat saraton profilaktikasi (kasallikning oldini olish)da balki uni davolashda ham yordam beradi.

Yana o‘qing:  Sun’iy qon kukuni yaratildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: