BARCHAGA MANZUR BO‘LDI

Jizzax tumani Axborot-resurs markazi umumta’lim maktabi va maktabgacha ta’lim muassasalariga doimiy metodik markaz bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bu yerda kitoblar fondi jami 11 975 nusxani tashkil qilib, kitobxonlar soni 2700 nafardan ziyod. Kitobxonlar Axborot-resurs markazi xodimlari bilan hamkorlikda shonli sanalar, muhim va unutilmas kunlarga bag‘ishlab muntazam ravishda adabiy kechalar, kitobxonlar uchrashuvi va shu kabi turli tadbirlar uyushtirib kelishadi.

Yaqinda bu yerda ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda o‘quv dargohimizning pedagog jamoasi va o‘quvchilari ham faol ishtirok etishdi. Shu kuni “Ona tilim – jonu dilim” nomli ko‘rgazma ochildi. Unda o‘quvchilarimiz o‘qishda va jamoat ishlarida yaxshi yutuqlarini qo‘lga kiritish bilan bir qatorda o‘zlari tayyorlagan albom, buklet va boshqa ko‘rgazmali qurollari bilan ishtirok etishdi. “Savodxon” nomi bilan ataluvchi devoriy gazetasida adabiyot to‘garagi a’zolaridan Sevinch Odilova, Musharraf Qurbonova, Behzod Abdurahmonov, Hamida Shavkatova kabi o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari, she’r va maqolalari bilan qatnashishdi.

Dilorom KO‘ChIMOVA,

Jizzax tumanidagi 1-umumta’lim maktabining oliy toifali o‘qituvchisi,

Xalq ta’limimi a’lochisi

Yana o‘qing:  SPORTCHILARIMIZNING O‘N TO‘RT MEDALI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: