“Chilonzorga…”
Poytaxtimizning “Qo‘yliq” mavzesida bir ayol taksiga qo‘l ko‘tardi. Mashinamni to‘xtatdim:
– “Chilonzor” ga… dedi, – yo‘lovchi ayol, mashinaning orqa eshigini ochib.
– Mayli, shuncha bo‘ladi, – deb yo‘l haqini aytdim.
– Bo‘pti, – dedi, ayol. Eshik yopilgach, Chilonzorga otlandim. Yo‘l yurib, manzilga yetib “Chilonzorning qaysi kvartaliga?” deb orqamga o‘girilsam, hech kim yo‘q.
Keyin bilsam, ayol “Bo‘pti”, deb eshikni tashqarisidan yopgan. Men uni mashinaga chiqibdi deb, musiqa ohangiga mast bo‘lib, orqaga ham qaramay haydab ketaveribman…
Taksichi amaki voqeasini NILUFAR yozib oldi.