Ezgulik tadorigi

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi hamkorligida navbatdagi “Salomatlik” poyezdi Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga jo‘nab ketdi.

Ushbu “Salomatlik” poyezdi tarkibidagi muruvvat yuklari “Nestle Uzbekistan” qo‘shma korxonasi, “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, “Baxteks” mas’uliyati cheklangan jamiyati, “Shaffof servis” qo‘shma korxonasi va bir qator xalqaro tashkilotlar ko‘magida shakllantirilgan.

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga “Salomatlik” poyezdi jo‘natilishi munosabati bilan ushbu hududlarda 23 mayga qadar “Salomatlik kunlari” tashkil etiladi. Bir hafta davomida malakali mutaxassislar tomonidan bolalar, xotin-qizlar, ko‘p bolali oilalar a’zolari va boshqa tibbiy-ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lomlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan uchrashuvlar tashkil etiladi.

Xayriya aksiyasi davomida davolash-profilaktika muassasalari va aholiga tibbiyot anjomlari, sanitariya-gigiyena vositalari, dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa muruvvat yuklarini yetkazib berish rejalashtirilgan.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  “ XUMO-ARENA”DA BRIFING BO‘LIB O‘TDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: