Jamg‘arma faoliyatidan (2012-43)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Jamg‘armaning Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Chimboy tumani Kuksu ovul fuqarolar yig‘ini paxta dalasida Pedagogika kolleji talabalari o‘rtasida “OIV va OITS nima”, “Sog‘lom oilani shakllantirish uslublari haqida ma’lumot”, “Balog‘at davri” mavzularida ma’ruza va davra suxbatlari o‘tkazildi.

Buxoro viloyati

Jamg‘armaning mintaqaviy filiali Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda “Barkamol avlod” bolalar markazida “Bolalar va suv” mavzusida ekofestivali o‘tkazildi. Ushbu festival g‘oliblari Respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi. G‘oliblarga jamg‘armaning estalik sovg‘alari topshirildi.

Samarqand viloyati

Jamg‘armaning Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda Samarqand tumani “Xisrav” qishloq vrachlik punktida “Salomatlik” haftaligi o‘tkazdi. Ushbu xaftalik davomida malakali shifokorlar hamda patronaj mutaxassislari birgalikda aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.

Hududlararo Tibbiy ijtimoiy patronaj brigadasi “O‘zbekiston” qishloq vrachlik punktida 147 nafar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Shulardan 56 nafarini ayollar, 43 nafarini fertil yoshdagi ayollar, 29 nafarini bolalar, 53 nafarini o‘smirlar, 53 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Ko‘rik davomida 80 nafar UZI ko‘rigidan, 15 nafar EKG, 126 nafar aholi laboratoriya ko‘rigidan o‘tkazildi. Undan tashqari 35 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga xayriya yordamlari ko‘rsatildi. Shuningdek, “Balog‘at davri” mavzusida qatnashchilarga aholiga ma’ruza o‘qildi.

Abbosjon Ergashev,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  Salom, tansiq bahor!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: