OILADAGI BAXT ahillikdan bunyod bo‘ladi

Oila – hayot abadiyligini ta’minlovchi ulug‘ maskan, kelajak avlodlarni kamolga yetkazuvchi bardavom dargoh. Uni asrab-avaylash, o‘z-o‘zidan nikohga doir huquqiy-me’yoriy hujjatlardan xabardor bo‘lishni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasida oila qonunchiligida ilk bor nikoh shartnomasi kiritilgani ham uni asrab-avaylashga qaratilgan huquqiy asoslardandir.

Bu borada o‘sib kelayotgan yosh avlodning yetarli tushuncha va bilimga ega bo‘lishi, kelgusi hayotlarini mazmunli va totuvlikda umrguzaronlik qilishlari, eng asosiysi, jamiyatimizga yetuk, jismonan va ma’nan barkamol avlodlarni tarbiyalab berishda muhim o‘rin tutadi. Joriy yilning mamlakatimizda “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilinishi va shu asosdagi Davlat dasturining ishlab chiqilishi barcha yurtdoshlarimizni, qolaversa, biz kabi FHDYo idoralari xodimlarining zimmasiga ham katta mas’uliyat yukladi.

Bizning bugungi kundagi asosiy vazifalarimiz esa oila instituti huquqiy asoslarini mustahkamlash, balog‘at yoshiga yetmagan shaxslarning o‘zaro nikohlanishlarining oldini olish va shu orqali balog‘atga yetmaganlar o‘rtasidagi tug‘ruqlarni bartaraf etish, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar va oilaviy ajrimlarning oldini olish va shar’iy nikoh asosidagi holatlarga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.

Farzand tarbiyasida ota-onaning tutgan o‘rni o‘ta muhimdir. Chunki, ular barcha orzu-maqsadlarini o‘z farzandlarida ko‘rishni, ularni yetuk insonlar qilib tarbiyalashni istaydi. Ammo hayotning tasodifiy va biz kutmagan sinovlari ham bor. Shu bois er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro sadoqat, hurmat, bosiqlik farzand tarbiyasi va ularning ta’lim-tarbiyasida, odob-axloqida muhim rol o‘ynaydi.

Yoshlikda ikki hovli narida bir qo‘shnimiz bo‘lardi. Ularning oilasi ahil, ota-onaning farzand tarbiyasiga e’tibori ham ibratli edi. Nima bo‘ldiyu oila boshlig‘ining ishi orqaga ketdi. Ota alamini ichkilikdan ola boshladi. Hatto u xotinini kaltaklab, farzandlarini ko‘chaga haydab soladigan odat chiqardi. Uyidan fayz, oilasidan totuvlik ketdi. Otani hech kim yo‘lga sololmadi yoki bunga uning irodasi yetmadi.


Olijanob xotinga kishi juft bo‘lsa,

Uyning ziynati – oroyishi.

Husni bo‘lsa ko‘ngilga marg‘ub,

Yaxshi aqli bo‘lsa jonga matlub.

Alisher NAVOIY


Onasi esa bunga ko‘nikolmay, og‘ir dardga chalindi. Achinarlisi, e’tiborsiz qolgan farzandlarning o‘qishga qiziqishi susayib, baholari pasayib ketdi. Oila parokandalikka yuz tutdi. Agar oila boshlig‘i hayot sinovlari qarshisida irodasizlik qilmay bu sinovlarni mardonavor yengib o‘tganida edi, ona va farzandlar azoblanmagan, oila qo‘rg‘oniga putur yetmagan bo‘lar edi.

Yana o‘qing:  ONA TILIGA EHTIROM

Oilada farzandning dunyoga kelishi, o‘sib-ulg‘ayishi uchun har birimiz mas’ul ekanligimizni unutmasligimiz lozim. Bu borada biz FHDYo bo‘limi xodimlari nikohdan o‘tuvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish masalalarini tartibga solishga, ba’zan uchrab turadigan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarga yo‘l qo‘ymaslik, zimmamizdagi vazifalarni sidqidildan bajarish, bunday holatlarni oldini olishga mas’ulmiz.

Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yildagi “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi”gi qarori ga ko‘ra, FHDYo idoralariga murojaat qilgan yoshlar ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, teri-tanosil va sil kasalliklari, shuningdek, OIV, OITS bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Agar tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibi buzilib ba’zi holatlar yashirilsa, vaqti kelib nikohlanuvchi yoshlarning o‘zlariga og‘ir asoratlar olib kelishi shubhasiz. Shu bois yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning qonun yo‘li bilan ta’qiqlanishiga ham axloqiy, ham tibbiy-biologik omillar asos qilib olingan. Bunday nomaqbul nikohdan dunyoga kelgan go‘daklar nosog‘lom, tug‘ma nuqsonli va aqliy salohiyati past tug‘ilishi oqibatida oilalar buzilib, qarindoshlik rishtalariga putur yetishi sir emas.

Ana shularni hisobga olgan bo‘limimiz xodimlari bilan tumandagi 82 mingdan ortiq oilalar, hududdagi akademik litsey, kollej va oliy o‘quv yurti talabalari o‘rtasida muntazam ravishda tushuntirish va suhbatlar hamda tashviqot-targ‘ibot ishlarini olib boryapmiz. Buning natijasi o‘laroq, yil mobaynida murojaat qilingan ellik ikkita ajrimlarning yigirmatasi tushuntirishlar orqali asrab qolindi.

Sohaning nozikligi, oilalarning baxtli turmushini ta’minlash, yoshlarni sog‘lom voyaga yetkazishda sohada, jumladan, “Oila marosimi” markazida va Hamza tuman hamda Uchtepa tuman FHDYolarida ancha yillar faoliyat yuritish mobaynida ustozlarim – Marhamat Yuldosheva, Vazira Yunusova, Shohista Po‘latovalar tajribasini o‘rgandim. Ayni paytda tug‘ilish va nikohlarni qayd etish, fuqarolarga huquqiy xizmat ko‘rsatish, ish yuritish tartibi va FHDYo bo‘limiga taalluqli barcha ish jarayonlarini mukammal olib borish, oilalar mustahkamligi va totuvligini ta’minlash, sog‘lom farzand tug‘ilishi, fuqarolar huquqiy-ma’naviy tushunchaga ega bo‘lishlarini ta’minlash yo‘lida samarali mehnat qilib kelmoqdaman.

Buning misolida, tuman miqyosida o‘tkazilgan “Yarim asr yonma-yon”, “Eng mustahkam oila”, “Eng totuv oila”, “Ibratli oila” kabi tadbirlarni o‘tkazganimiz. “Mustahkam oila yili” munosabati bilan ajrimlarni kamaytirish, oila instituti huquqiy asoslarini mustahkamlash, balog‘at yoshiga yetmaganlar ishtirokidagi nikohlarning oldini olish va balog‘atga yetmaganlar o‘rtasidagi tug‘ruqlarni bartaraf etish, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, shar’iy nikoh asosidagi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida aholi o‘rtasida suhbat va tushuntirish ishlari olib borilayotgani voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida giyohvandlik, ichkilikbozlik va turli yomon oqimlarga kirib ketmaslik holatlarini oldini olishda muhim o‘rin tutmoqda.

Yana o‘qing:  Xonadonimiz nurga to‘lsin

Aholi o‘rtasida tashviqot-targ‘ibot ishlarini namunali olib borishda xodimlarimizdan 1-toifali ish yurituvchi Zilola Yuldosheva, 2-toifali ish yurituvchilar Sayyora Ro‘ziyeva, Ozoda Mahmudovalarning mehnati e’tiborga sazovor. Shuningdek, uzoq yil totuv umrguzaronlik qilgan oilalarni rag‘batlantirish, nogiron, yolg‘iz, yordamga muhtoj keksalarga moddiy ko‘mak berish kabi ezgu ishlarni davom ettirish va ushbu qadriyatlarni yoshlar qalbiga jo qilishga harakat qilmoqdamiz.

Nozima ABDUSALOMOVA,

Uchtepa tuman FHDYo bo‘limi mudirasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: