Kitob sehri

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining tashabbusi bilan O‘zbekiston Xalq shoiri, “El-yurt hurmati” ordeni nishondori Oydin Hojiyevaning “To‘rt tanho” hamda “Ishq aro parvonalar” kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi.

Muallif o‘zining “To‘rt tanho” kitobida o‘zbekning ulug‘ ayollari Zulfiyaxonim, Saida Zunnunova, Muzayyana Alaviya hamda Kibriyo Qahhorova haqida so‘z yuritadi. Qimmatli ma’lumotlar bilan ularning ijodkorlik darajasini, insoniy qiyofasini ochib beradi.

Shuningdek, “Ishq aro parvonalar” kitobidan ozar xalqi mumtoz she’riyati taraqqiyotida salmoqli o‘rin tutgan uch shoira Mahsatiy Ganjaviy, Hayron xonim, Xurshidabonu Notavonlarning ijodidan ilk tarjimalar ham o‘rin olgan.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, keng jamoatchilik vakillari, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari ishtirok etdilar.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  Onam duosi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: