Mahalladoshim va ustozim siyratiga bir chizgi

O‘zbekiston Xalq ta’limi a’lochisi, botanika, zoologiya, biologiya fanlari o‘qituvchisi Gavhar Fatxullayevani (oxirati obod bo‘lsin) xotirlasam, uning timsolida xalqimizning go‘zal fazilatlari – mehnatsevarlik, izlanuvchanlik, bolajon, shuningdek, kamsuqum va kamtarinligi namoyon bo‘ladi.

Oltinchi sinfga o‘tganimizda maktabimiz 9-11 sinflar o‘qiydigan tajriba ta’lim maskaniga aylantirildi. Biz kichik sinf o‘quvchilarini esa yon-atrofdagi o‘quv dargohlariga tarqatib yuborishdi. Birinchi sentyabr kuni yangi maktabga borar ekanman, yo‘lda bola yetaklagan ayolni uchratdim. Bejirim va sodda kiyingan, yoqimtoy ayolning farzandi bilan qizg‘in suhbati e’tiborimni tortdi. U bolasiga o‘sha kungi darslari bo‘yicha savol berar, dilbandining javobidan qoniqmasa, lo‘nda qilib tushintirar edi. U ayolning o‘qituvchi ekani soddagina ko‘rinishida shundaygina aks etib turardi. Birinchi va ikkinchi sonli o‘zbek va rus tillarida ta’lim beruvchi ikki maktab yonma-yon joylashgan edi. Bolasini rus maktabga kiritib yubordi-da o‘zi men o‘qiydigan maktabga qarab yurdi. Bu manzara har kuni tong bilan takrorlanar edi. Har kuni deyarli bir vaqtda maktabga kirib borardik.

Yillar o‘tib, shu manzarani eslar ekanman, Gavhar opa nihoyatda kamsuqum ayol bo‘lganligini anglayman. Ustoz “Xorazm haqiqati” gazetasi bosh muharriri, shoir Egam Rahimning rafiqasi edi. Uning viloyatdagi ko‘zga ko‘ringan insonning rafiqasi ekanini biz o‘quvchilar bilmasdik. Bolalikda bunday narsalarga e’tibor ham berilmaydi. Bola uchun hamma teng, hamma bir. Biroq, endi o‘ylab ko‘rsam, Gavhar opaning hayoti ham shunday bolalarga xos, bolalarga mos kechgan ekan. Muallimamizning maktabga erining xizmat mashinasida kelganini ko‘rgan emasmiz. Yuqorida ta’kidlaganimdek har kuni maktabga farzandini yetaklab, suhbatlashib piyoda kelardi. Mana yillar o‘tib edi o‘ylayman. Erining mashinasidan foydalansa bo‘lar edi-ku!? Kamsuqumligi mana shu yerda yaqqol ifodalanar edi.

Ustoz juda yumshoq va ohista gapirar, darslarini albatta, ko‘rgazmali qurollar yordamida o‘tar edi. Hamisha qo‘lida o‘quvchilarga namoyish qilishga qiziqarli nimadir bo‘lardi. Bugungi kunda murabbiyni turg‘un oqayotgan daryoga qiyoslagim keladi. Oila, maktab, uy, farzand! Uning turish-turmushi shu edi. U Urganch shahridagi 1-umumta’lim maktabida o‘qidi. Urganch pedogogika institutini (bugungi Urganch davlat universiteti) bitirgach, o‘zi o‘qigan maktabga ishga keldi. Va bir umrga shu maktabga, o‘quvchilarga bog‘lanib qoldi. “Daraxt bir joyda ko‘karadi” degan maqolga amal qildi. O‘zi ta’lim olgan maktabda deyarli qirq yil pedogoglik qildi va shu yerdan nafaqaga chiqdi.

Yana o‘qing:  SIFATLI TIBBIY XIZMAT – ELGA MADAD

Darhaqiqat, uning pedogoglik faoliyati insonparvarlikka asoslangan milliy qadriyatlarimizga hamohang edi. Bugungi kunda maxsus dastur yaratilib, yanada rivojlantirilayotgan “Maktab – oila – mahalla” dasturi asosida mehnat qilardi. Har bir o‘quvchining oilasi, mahallasi, turmush tarzini yaxshi bilardi. Zero, shu mahalladagi maktabda o‘qigan, shu mahalladagi maktabda ishlagani unga ta’lim-tarbiyada juda qo‘l kelardi. Muallima o‘zbekona qadriyatlarni ulug‘lab yashardi.

U botanikadan dars berayotganida vohamizda, shuningdek, mahallamizdagi ariq bo‘ylarida o‘sadigan o‘t-o‘lan-u daraxtlarga alohida to‘xtalib, gerbariylarini ko‘rsatar edi. Zoologiyadan dars berganida, misollarni iloji boricha biz ko‘rib yuradigan jonzotlardan keltirardi. Biologiyadan gapirayotganda rivoyatlar bilan uyg‘unlashtirar edi.

Ustoz vohaning mashhur shoiri Egam Rahim bilan to‘rt nafar bolani tarbiyalab, ulg‘aytirdi. Ularning barchasi elga munosib farzand bo‘lib kamolga yetdi. Ular injener, pedogog mutaxassisliklarini egallab, texnika va qishloq xo‘jaligi fanlari doktori bo‘lishdi. Albatta, bu ahil va osoyishta hayot kechirayotgan oilaning dilbandlari bo‘lgani uchun elga munosib farzandlar bo‘lib yetishishdi, degimiz keladi. “Barkamol farzand – ahil oila mevasidir” degan bugungi shiorga to‘la javob beradi.

Bugungi kunda ustoz hayot bo‘lganida, Xotira va qadrlash kuni to‘qson bilan to‘qnashgan bo‘lardi. Ustozning oxirati obod bo‘lishini Yaratgan nasib aylasin!

Ra’no ZARIPOVA,

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: