Mahorat darslari iste’dodlarni toblaydi

Bola dunyoni beg‘ubor nigohlari bilan ko‘radi. Ular chizgan tasvirlarda bu holat yaqqol sezilib turadi. Yaqinda “Tasviriy san’at festivali” doirasida yosh ijodkorlardan tashkil topgan “Nigoh” guruhi poytaxtimizdagi 100-maxsus maktabning o‘quvchilari bilan tasviriy san’at mahorat darslarini tashkil qilishdi. Tadbir Sog‘lom bola yiliga bag‘ishlandi.

Unda ushbu maktabda tahsil olayotgan 20 nafar iqtidorli bola ishtirok etdi. O‘quvchilar garchi jismoniy imkoniyati cheklangan bo‘lsada tasviriy san’atdagi o‘z iste’dodlarini namoyish eta olishdi. Ular tadbirda manzara, maishiy janrlardagi betakror asarlarni yaratdi. “Nigoh” guruhining bunday mahorat darslari an’ana tusiga kirib, bu yil uchinchi bora tashkil etilmoqda. Undan ko‘zlangan maqsad tasviriy san’atga qiziquvchi iqtidorli yoshlarning ijodiy ishlarini keng ommaga namoyish etishdan iborat. Shuningdek, mahorat darsiga tashrif buyurgan O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi raisi, xalq rassomi Akmal Nuriddinov o‘quvchilar iqtidorini yuksak baholadi.

Tadbirda erkin mavzuda rasmlar ishlandi. Asosiy e’tibor esa asarlarning g‘oyasi, tasviriy yechimi, ranglar uyg‘unligiga qaratildi. Eng yaxshi ijodiy ish mualliflari O‘zbekiston Badiiy akademiyasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

SH. SHOMANSUROV

Yana o‘qing:  Oshxonada tandir?!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: