Turnirlar yakunlandi

Qarshi shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi “Fyuchers” hamda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalari taqvimiga kiruvchi xotin-qizlar xalqaro turnirlari yakunlandi.

Ushbu musobaqalarda hamyurtlarimiz bilan birga Belarus, Buyuk Britaniya, Venesuela, Gollandiya, Gretsiya, Irlandiya, Polsha, Ruminiya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Hindiston kabi davlatlardan kelgan tennischilar g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi xalqaro tennis turnirining juftlik bahslarida hamyurtimiz Albina Xabibulina ukrainalik Anastasiya Vasilyeva bilan hamkorlikda o‘ynab, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi raqamda saralangan mazkur juftlik finalda rossiyalik tennischilar Yekaterina Bichkova va Veronika Kudermetova ustidan 2:6, 7:5, 10:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Yakkalik bahslari chexiyalik Tereza Smitkovaning g‘alabasi bilan yakunlandi. “Fyuchers” turnirining yakkaliklar bahsida rossiyalik Roman Safiullin g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, juftliklar o‘rtasida polshalik Petr Gadomskiy va Adam Majrovich bosh sovringa sazovor bo‘ldi.

Abdulaziz ABUTOLIPOV

Yana o‘qing:  Niderlandiyalik olimlar havodan spirt olish yo‘lini topdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: