Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun
Aniqlanishicha, qandli diabet kasalligi I va II turi bilan farqlanadi. Ko‘pincha qandli diabet xastaligining I turi yosh bolalar va o‘smirlar, II turi esa 40 yoshdan oshganlarda paydo bo‘ladi. Professor Tohir Ibragimov bir necha yillardan buyon ushbu kasallikni o‘rganib, bemorlarni davolab kelmoqda. Katta tajriba va izlanishlar natijasida “Qandli diabetni yengish mumkin” risolasi chop etildi.
Risolada xastalikni davolash uchun tavsiyalar, parhez, jismoniy mashqlar, ignali terapiya, dori-darmonlarni qo‘llash to‘g‘risida so‘z yuritilgan bo‘lib, bu qandli diabetga chalingan bemorlar uchun foydadan holi emas.
G.EGAMBERDIYEVA