“Kuygay”ni kuylaganda

Yunus Rajabiy kuyi bilan O‘zbekiston xalq artisti Farog‘at Rahmatova ijrosida maromiga yetkazib kuylangan “Kuygay” qo‘shig‘ini xalqimiz hanuzgacha sevib tinglaydi. Shu bois ko‘pgina yosh xonandalarimiz el orasida bu qo‘shiqni ko‘p kuylashadi.

Shu qo‘shiq bilan bog‘liq bir voqea hech esimdan chiqmaydi. Chirchiq shahridagi kasb-hunar kollejlarining birida bayram tadbiri o‘tkazilayotgan edi. Sahnada kollejning iqtidorli o‘quvchilaridan sanalgan Zayniddin ismli yigit “Kuygay”ni maromida kuylashni boshladi. Butun zal suv quygandek jim-jit. Barcha yig‘ilganlar qo‘shiqni sel bo‘lib tinglashardi. Ba’zilar Zayniddinning shirali ovoziga maftun bo‘lib bosh chayqasa, ba’zilar yoshlik damlariga bir zum “sayr” qilishardi. Qo‘shiq nihoyasiga yetay deganda, musiqa apparati o‘chib, mikrofon ishlamay qoldi. Zaldagilar “Nima gap, nima bo‘ldi?”, deb pichirlab qolishdi.

Sahna ortidan musiqani boshqarayotgan kishi chiqib, “Apparatimiz kuyib qoldi”, desa bo‘ladimi?! Shunda domlalardan biri o‘rnidan turib “Kuygay”ni eshitib hatto apparat ham “dosh berolmay” kuyib qoldi-ya, deyishi bilan butun zal qarsak chalib yuborgandi.

Yana o‘qing:  Ilm-fan taraqqiyoti yurt ravnaqiga xizmat qiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: