“Kids’ English – 1” va “Kids’ English – 2”

Davlatimiz rahbarining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori natijasida mamlakatimizda 2013 – 2014-o‘quv yilidan 1-sinflarda chet tili fanini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Ayni vaqtda 1-sinfda tahsil olayotgan 533 ming 845 nafar o‘quvchining 94,1 foizi ingliz tili, 12 ming 465 nafari fransuz tili va qolgan 3,5 foizi nemis tili saboqlarini o‘zlashtiryapti.

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan anjumanda qaror ijrosini ta’minlash uchun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob etildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlarning ta’kidlashicha, chet tillar lingofon xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya, o‘qitishning texnik vositalari va anjomlari bilan jihozlashni jadallashtirish Dasturi asosida zarur o‘quv adabiyotlari, lug‘atlar va DVD magnitolalar bilan ta’minlangan 17 ming 222 sinfxona o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi.

Yakunlanayotgan o‘quv yilining o‘zida o‘quvchilar uchun darslik va multimedia resursini jamlagan 537 ming 786 nusxa o‘quv adabiyoti yaratildi. O‘qituvchilar va ota-onalar uchun o‘zbek tilida 446 ming 84 nusxa, rus tilida 59 ming 974 nusxa qo‘llanma chop etildi va tarqatildi.

Joriy yilning 13 yanvaridan 20 martiga qadar 2-sinflar uchun yaratilgan darslik majmualari mavjud 194 ta tayanch maktablarida tajriba-sinovdan o‘tkazildi. Eksperimentator-o‘qituvchilar tomonidan “Kids’ English – 1” va “ Kids’ English – 2” darslik majmuasi tarkibiga kiruvchi o‘quvchi kitobi, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma va multimedia ilovalari takomillashtirildi va boyitildi.

Anjuman qatnashchilari poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 260-sonli umumta’lim maktabida ham bo‘ldilar. Muassasada o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatish chuqurlashtirilgan tartibda olib boriladi. 85 nafar pedagogning 12 nafari ingliz tili fani o‘qituvchisidir. O‘quv maskanida haftaniing seshanba kuni “Ingliz tili kuni” deb e’lon qilingan.

B.SALOMOV

Yana o‘qing:  «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi: faoliyat qisqa satrlarda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: