Fond faoliyatidan (2014/17)

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondida iqtidorli rang-tasvir ustasi Dilorom Mamedovaning “Bahor palitrasi” deb nomlangan shaxsiy rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazmada Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyining 40 nafar o‘quvchilari hamda Toshkent xotin-qizlar kollejining o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Andijon viloyati fondning hududiy filiali viloyat Sog‘liqni saqlash va Xalq ta’limi boshqarmalari bilan hamkorlikda Andijon tumanidagi 43– hamda Jalaquduq tumanidagi 25-umumta’lim maktablarida “Chekishning zararli oqibatlari”, “Salomatliging o‘z qo‘lingda!” mavzularida davra suhbati tashkil etildi. Shuningdek, Bo‘z tumani 4– va 12-sonli umumta’lim maktablarida, Andijon tumani “Ravvot” mahalla fuqarolar yig‘inida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Namangan viloyati fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan viloyat Skrining markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda Chust tumanining “Olmos” shaharcha fuqarolar yig‘iniga qarashli “Toymas-1”, “Toymas-2”, “Buloqboshi”, “Bozorboshi” va “Birlik” nomli mahalla hamda qishloq fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi aholi orasida tibbiy madaniyatni shakllantirish, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash hamda onalik va bolalikni muhofaza qilish kabi mavzularda davra suhbatlari o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati fondning hududiy filiali tomonidan Qarshi shahridagi 39-umumta’lim maktabida, “Kat” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, Xalq ta’limi boshqarmasi va diniy idora vakillari ishtirokida “Mahalla – maktab – oila” hamkorligini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, yoshlarni milliy mintalitetimizga xos bo‘lmagan illatlardan himoya qilish mavzuida ma’ruzalar o‘qildi.

Abbosjon ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi matbuot kotibi

Yana o‘qing:  Bugun va kelajakni bog‘lovchi ko‘priklar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: