Kulgu-shifo (2014/16)

Ikki o‘quvchi suhbati:

– Rustam, chapaqayliging senga halal bermaydimi?

– Yo‘q! Har bir odamning o‘ziga yarasha kamchiligi bo‘ladi. Masalan, sen choyni qaysi qo‘ling bilan aralashtirasan?

– O‘ng qo‘lim bilan!

– Ana, ko‘rdingmi? Risoladagi odamlar qoshiq bilan aralashtiradi!

* * *

Mansur qo‘shni bolalarga maqtandi:

– Kecha biz dadam bilan ko‘ldan juda ko‘p baliq tutdik. Yuztadan ko‘p…

– Juda ham ko‘p ekan-ku! Shuncha baliqni uyga qanday olib keldinglar?

– Biz ularni kichkina bankaga soldik.

* * *

Ona:

– Yana muzlatgichning yoniga keldingmi? Nima, kaltak yeging kelyaptimi?

Ahmad:

– Yo‘q, oyijon! Shirinlik yegim kelyapti!

Bahriddin TURFUNOV tayyorladi

Yana o‘qing:  Tez aytishlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: