Astma (ziqqinafas) va allergiyaning yana bir sababi

Nafas qisishi bilan kechadigan astma kasalligi va allergik kasalliklarini yana bir sababchisi yopiq xonalarda kir quritishdir, degan fikrni bildirishmoqda shotlandiyalik shifokor-tadqiqotchilar. Chunki, isitish tizimi (batareya)larga yoyib quritiladigan kirlar xonadagi namlikni 15-30 foizga oshirib yuboradi.

Natijada zamburug‘li bakteriyalar va chang kanasining rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. Bu esa o‘z navbatida immuniteti past odamlarda yuqorida tilga olingan kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Umuman olganda xonani tez-tez shamollatib turish va quyoshli kunlarda derazalarni ochib qo‘yish turli kasalliklar-O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiyalar) va grippning oldini oladi.

Yana o‘qing:  Piyoda yurishning 7 ta foydasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: