Sport gimnastikasi: II OLIMPIYa SARI QADAM

Toshkentda sport gimnastikasi bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati yakunlandi.

Xalqaro gimnastika federatsiyasi ko‘magida Osiyo gimnastika ittifoqi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan ushbu nufuzli musobaqada Osiyo qit’asining 22 davlatidan 266 nafar sportchi sovrinli o‘rinlar va joriy yil 16-28 avgust kunlari Xitoyning Nankin shahrida o‘smirlar o‘rtasida bo‘ladigan II Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari uchun bahslashdi.

Ma’lumki, birinchi Olimpiya o‘yinlari 2010 yilning 14-26 avgust kunlari Singapurda o‘tkazilgan edi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari 3 ta kumush va 6 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.

Toshkent shahrida o‘smirlar va qizlar o‘rtasida sport gimnastikasi bo‘yicha Osiyo chempionatining yuqori saviyada tashkil etilgani Xalqaro gimnastika federatsiyasi, Osiyo gimnastika ittifoqi vakillari, xorijlik mutaxassislar, murabbiy va sportchilar tomonidan e’tirof etildi.

Qit’a chempionatida sportchilar joriy yil 16-28 avgust kunlari Xitoyning Nankin shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkaziladigan II Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari uchun kurash olib bordi. Musobaqada o‘g‘il bolalar o‘nta, qizlar to‘qqizta olimpiya yo‘llanmasi uchun raqobatlashdi.

Musobaqaning o‘smirlar o‘rtasidagi jamoaviy ko‘pkurash bahslarida Temur Qodirov, Elyor Islomov, Aziz Saidumarov, Mirabzal Fozilov va Hamid Sodiqovdan iborat O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 236,5 ball jamg‘arib, bronza medali bilan taqdirlandi. Qizlar o‘rtasidagi jamoaviy ko‘pkurash bahslarida Turdixon Islomova, Kseniya Kim, Veronika Orlova, Linara Sulaymonova, Elvira Yuryevadan tarkib topgan terma jamoamiz 154,6 ball to‘plab, uchinchi o‘rinni egalladi.

Shu tariqa sportchilarimiz II Olimpiya o‘yinlariga ikkita yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va chempionatda o‘z oldilariga qo‘ygan vazifani sharaf bilan bajardi.

Osiyo chempionatining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha final bahslarida qatnashgan iqtidorli gimnastikachimiz Turdixon Islomova 14,075 ball jamg‘arib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Shuningdek, Turdixon Islomova tayanib sakrash bahsida 14,325 ball bilan kumush, erkin mashq bajarishda 13,75 ball jamg‘arib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Chempionatning yakunlovchi kuni o‘smirlar o‘rtasidagi bahsda hamyurtimiz Temur Qodirov uchinchi o‘rinni egalladi.

Sport olamida katta voqeaga aylangan ushbu chempionatda ko‘plab yangi nomlar kashf etildi. Mutaxassislarning fikricha, musobaqalar xalqaro qoidalarga to‘liq mos ravishda, halol va adolatli kurash sharoitida o‘tdi.

Yana o‘qing:  Quyoshga qarab yashash saodati

Gulnoza EGAMBERDIYEVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: