Gugurt cho‘pidan Yer shari

Insoniyat tug‘ilganidan buyon turli kashfiyotlar qilishga, oddiy narsalarning o‘ziga xos ko‘rinishlarini yaratishga harakat qilib keladi. Ana shunday kashfiyotlardan biri ona sayyoramizning nusxasi bo‘lmish globusdir.

Globus ta’lim muassasalarida foydalaniladigan o‘quv ashyosidir. Amerikalik mashhur haykaltarosh Endi Yoder (Andy Yoder) ana shu globusning o‘ziga xos nusxasini yaratdi. Turli rangdagi gugurt cho‘plari yordamida ikki yil davomida yasalgan mazkur globus diametri bir metrdan oshiqroq. Muallifning o‘zi uni yasashga qancha gugurt sarflaginini hisoblashda adashib ketganini ta’kidlamoqda. Uning aytishicha boshlanishida hisoblash ishlari gugurt qutilariga qarab olib borilgan, ammo keyinchalik hisobda adashib ketishganidan so‘ng sanoqning iloji bo‘lmay qolgan. Globusni yasash jarayonida och jigarrang, to‘q yashil va kulrang gugurt cho‘plarini topish anchayin qiyin bo‘lgan.

Haykaltarosh ushbu asarini Nyu-Yorkdagi Winkleman Galleryda 8-11 may kunlari bo‘ladigan ko‘rgazmada namoyish etishni rejalashtirmoqda.

Yana o‘qing:  Xushxabar, raqamlar (2014/15)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: