Behudaga sarflamang!

Elektr quvvatini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar ham qancha ko‘p bo‘lmasin, ular cheklangandir. Shu bois, fuqarolardan elektr energiyasini behudaga sarflamaslik, undan oqilona foydalanish talab etiladi.

Noqonuniy yo‘llar bilan elektr energiyasidan foydalanishda uning iste’moliga nisbatan e’tiborsizlik qilinishi, iqtisodiyotimizga jiddiy zarar yetkazishini unutmaslik lozim.

Shuning uchun davlatning mutasaddi muassasa va tashkilotlari jismoniy, yoxud yuridik shaxs sifatida elektr tarmoqlari orqali yetkazilib beriladigan elektr energiyasidan foydalanish holatlarini muntazam ravishda nazorat qilib boradilar. Agarda yetkazib berilayotgan elektr energiyasidan foydalanganlik uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaslik kabi nojo‘ya xatti-harakatlar, qonunbuzarlik holatlari, aniqlansa, darhol tegishli choralar ko‘riladi.

“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” elektr energiyasi iste’molchilari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, salbiy holat va kamchiliklarni bartaraf etishda alohida o‘rin tutmoqda.

Qo‘llanilayotgan tadbirlar ish unumdorligi va sifat-samaradorligini oshirish, elektr energiyasidan to‘g‘ri foydalanish va turli noqonuniy holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Doniyor ABBOSOV,

“O‘zdavenergonazorat” nspeksiyasi Toshkent shahar bo‘limi inspektori

Yana o‘qing:  Turnir peshqadamlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: