Badiiy gimnastika

nargiz qizlarning nafis sporti

Qizlarning sarv qomati, xush surati, nozik tabassumi kimlarni rom etmaydi, deysiz. Parivashlarning shijoati-shavqi, chaqqonligi-yu orastaligiga esa ming tasannolar aytsang arziydi. Bu borada chiniqish, toblanish maktabi bo‘lgan sportning ahamiyati nechog‘li muhim ekanini bugungi kunda barcha yaxshi biladi. Ayniqsa, malikalarning nafis harakatlarini yanada jozibali ko‘rsatuvchi badiiy gimnastika mashg‘ulotlari nafaqat ularning tana a’zolari ko‘rkamligi-yu nafisligini ta’minlaydi, balki qizlarni sog‘lom voyaga yetishiga zamin hozirlaydi.

Ayni vaqtda diyorimizning chekka hududlarida ham farzandini sportning ma’lum turiga yo‘naltirayotgan ota-onalar soni ortib borayotir. Bu borada Namangan viloyatida ham ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyatning To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan 36-Bolalar va o‘smirlar sport maktabidagi mavjud 26 ta guruhda 270 nafardan ziyod o‘quvchilar sport sirlarini qunt bilan o‘rganmoqda. Bu yerdagi mavjud shart-sharoitlardan nafaqat yosh gimnastikachilar, balki ularning ota-onalari ham mamnun bo‘layotir.

Muassasada badiiy gimnastika sport turi bilan shug‘ullanayotgan qizlarning erishayotgan muvaffaqiyatlariga havas qilsa arziydi. Maftuna Karimova, Sarvinoz Mamadaliyeva, Diyorabonu Mahmudjonova kabi o‘quvchi-qizlar bu borada tengdoshlariga o‘rnak bo‘lmoqda. Tajribali murabbiylar Jamila Mirzanazarova, Irina Kim boshchiligida badiiy gimnastikaning nozik sir-asrorlarini o‘rganayotgan qizlar bir necha bor viloyat va respublika miqyosidagi sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni egallagan.

2013 yilda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Quvnoq karvon” Xalqaro turnirida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Diyorabonu Mahmudjonova ayni paytda 2014 yilgi xalqaro musobaqalarga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda.

– Diyoraning dugonalariga nisbatan ildamligini, har bir mashqni sidqidildan bajarishini, uning nafis harakatlaridagi jozibani ko‘rib quvonaman. Shogirdimdan kelajakda mohir sport ustasi yetishib chiqishiga ishonaman. Chunki undagi va uning oila a’zolaridagi sportga bo‘lgan ishtiyoq va e’tibor tahsinga loyiq, – deydi murabbiy Irina Kim.

J. ERDONOVA

Yana o‘qing:  Ko‘klam qo‘shig‘i

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: