Barkamol avlod tarbiyasi yo`lida

Yurtimizda doimiy ravishda bolalar uchun ko‘plab zamonaviy sport majmualari qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. Ularda el farzandlari turli sport yo‘nalishlari bilan shug‘ullanib vaqtlarining unumli o‘tishiga erishmoqdalar.

Yildan-yilga qurilayotgan sport inshootlari sonining ortishi bilan birga yoshlarimizning sport sohasida qo‘lga kiritayotgan yutuqlari ham salmoqli bo‘lmoqda. Yurtimizning barcha viloyatlarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari natijasida qishloqlar infratuzilmasi ham yaxshilanib bormoqda.

Masalan, Xorazm viloyatida 2003-2013-yillarda 94 ta bolalar sport ob’yekti bunyod etilib, yoshlar ixtiyoriga berildi.

Bugun viloyat markazidan tortib chekka qishloqdagi ta’lim muas­sasalarida umumta’lim maktablarida, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida bolalar, o‘quvchilarning sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun barcha zarur vositalar mavjud. Xorazmlik yoshlarning bo‘sh vaqtlari asosan sport majmualarida chiniqish bilan o‘tmoqda. Shu bois ular respublika, Osiyo, Xalqaro muso­baqalarda ham faol ishtirok etib, faxr­li o‘rinlarni egallamoqda. Jumladan yosh shaxmatchilar Nodirbek va Nilufar Yoqubboyeva, Malohat Xaitboyeva, erkin kurash bo‘yicha G‘ulomjon Abdullayev, dzyudo bo‘yicha Sabohat Saidova, suv sporti bo‘yicha Ortiq Karimboyev, Aziz Otajonov singari ko‘plab yosh sportchilarning muvaffaqiyatlari qalblarga quvonch bag‘ishlaydi. 2013-yilning o‘zida xorazmlik sportchi yoshlar xalqaro musobaqalarda qatnashib, 32 ta oltin, 35 ta kumush va 47 ta bronza medallarni qo‘lga kiritdilar.

Muhtaram Prezidentimizning “Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, obodonlashtirish ishlarini va Xorazm viloyat aholisining ichimlik suvi ta’minotini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘ri­sida”gi qarorida ham viloyat markazida yangidan sport majmualari qurilyapti.

Masalan, Yoshlik ko‘chasida sport shaharchasi barpo etilmoqda. Shu yilning o‘zida shaharda bitta yopiq suzish havzasi, ikkita sport zali quriladi. Shuningdek, Shovot kanali qirg‘og‘ida sport turlari bilan shug‘illanish uchun maxsus binolar, maydonchalar bunyod etilmoqda.

Shuningdek, Shovot, Yangiariq tumanlarida bolalar va o‘smirlar sport maktabi, Gurlan, Yangiariq, Xiva, Hazorasp tumanlarida esa yangi sport zallari qurish rejalashtirilgan.

Bugun biz Urganch Davlat unversitetining jismoniy madaniyat fakulteti talabalari, shahar, qishloqlarda, ayniqsa istiqomat joylarida bo‘lganimizda bolalarning sportga qiziqish va ishtiyoqlari tobora oshib borayotganining guvohi bo‘lamiz. O‘tgan yili Urganch shahridagi 37 ta mahallada, ayniqsa, ko‘p qavatli uylar atrofida bolalar sport maydonchalari tashkil etildi. Shu jumladan, biz istiqomat qilayotgan 1-mahalladagi ko‘p qavatli uylar oldidagi sport maydonchasida ham bolalarning sport bilan shu­g‘ullanishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan. Men bolaligimdan erkin kurash bilan shug‘ullanib kelaman. Ayni paytda darsdan bo‘sh vaqt­larimda o‘z tajribamni yoshlarga o‘rgatib bormoqdaman.

Yana o‘qing:  NURLI KELAJAKNING POYDEVORI MUSTAHKAM

Biz, bo‘lg‘usi murabbiylar bolalar sportini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shamiz.

Otaxon Nafullayev,

Urganch Davlat universitetining jismoniy ma’daniyat fakulteti talabasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: