NAFOSATLI, OQILA, TASHABBUSKOR
Kecha O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Eng namunali Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan nomzodlarning salohiyati, bilim darajasi, tizim faoliyatidagi yutuqlarini baholash maqsadida ular bilan yuzma-yuz suhbat o‘tkazildi.
Ma’lumki, Xotin-qizlar qo‘mitalari tizimida hisobot-saylov konferensiyalari o‘tkazilishi belgilangan. Mamlakat ayollari hayotida muhim ahamiyat kasb etadigan ushbu jarayonda qo‘mitaning quyi tizimi bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatiga alohida e’tibor qaratish, jamoatchilik asosida faoliyati yuritadigan hamda fuqarolik jamyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan boshlang‘ich tashkilotlar tizimini rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi.
Shu bois Qo‘mita tizimida “Eng namunali Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda. Hozirgi kunda tanlovning 2 bosqichi nihoyasiga yetkazilib, hududlardan Respublika bosqichiga tavsiya etilgan 6 ta “Eng namunali mahalla”, “Eng namunali umumta’lim maktabi”, “Eng namunali kasb-hunar kolleji yoki akademik litsey”, “Eng namunali oliy o‘quv yurti”, “Eng namunali tibbiyot muassasasi”, “Eng namunali korxona” nominatsiyalari bo‘yicha I-o‘rinni egallagan jami 85 nafar g‘olib nomzodlar respublika bosqichida ishtirok etishadi.
Ma’rifat TOLIPOVA,
“Sog‘lom avlod” muxbiri