ISTOMIN – FEDERER

Shanxayda tennis bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Shanghai Rolex Masters” nufuzli xalqaro turnirida hamyurtimiz Denis Istomin asosiy turning dastlabki uchrashuvida muvaffaqiyatga erishdi.

Argentinalik Karlos Berlokka qarshi kechgan uchrashuvda Denis Istomin uch set yakunlariga ko‘ra 4-6, 6-2, 6-1 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovrin uchun kurashni davom ettirmoqda.

Ikkinchi bosqichda O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi shveysariyalik Stanislav Vavrinkaga qarshi kortga chiqadi. Mazkur xalqaro turnirda 13-raqam ostida saralangan Stanislas Vavrinka birinchi turda Albert Ramosni (Ispaniya) 7-6, 7-6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

E’tiborlisi shundaki, Denis Istomin ikkinchi bosqichda ham muvaffaqiyatga erishsa, uchinchi bosqichda dunyo tennis jadvalida karvonboshilik qilayotgan Rojer Federer (Shveysariya) bilan bahs yuritishi mumkin. Bu uchun Federer ham ikkinchi bosqichda xitoy taypeylik Yen-Sun Lyu qarshiligini yengishi lozim.

Yodingizda bo‘lsa, Londonda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida Denis Istomin uchinchi bosqichda Rojer Federer bilan ro‘baro‘ kelgan edi. Garchi o‘sha uchrashuvda shveysariyalik tennischi 7-5, 6-3 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsada, o‘yindan keyingi matbuot anjumanida Federer ushbu uchrashuv murosasiz kurashlarga boy bo‘lganligini hamda Denis Istomin o‘ta kuchli qarshilik ko‘rsatganligini ta’kidlab o‘tgan edi.

Agarda voqealar rivoji biz kutgandek bo‘lib chiqsa, Istomin — Federer ishtirokida yana bir ajoyib bahsni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

Yana o‘qing:  Ajoyib quritgich

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: