Yosharmoqchimisiz?
Angliyaning Norvich shahrida oziq-ovqatlarni tadqiq qilish bo‘yicha institut mutaxassislari hayoti davomida olma va uning sharbati iste’mol qiladigan odamlarning yuraklari fiziologik nuqtai nazardan yosh bo‘lishini aniqlashdi.
Bunday odamlarning yurak-qon-tomir tizimlari olmani iste’mol qilishga moyil bo‘lmagan odamlarnikidan 17 yoshga yosh bo‘lar ekan.
Tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, bunday samaraning sababi olmadagi epikatexin moddasidir. Polifenolning bunday turi qon aylanishini yaxshilash va immun tizimini ko‘tarish qobiliyatiga ega ekan. Olma ham uning sharbati ham aynan epikatexinga boy hisoblanadi.
Farhod BEK tayyorladi