Xabarlar, yangiliklar, voqealar (2014/9)

  • 25 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
  • Qashqadaryoda innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari hamda boshqa idoralar tasarrufidagi institut, ilmiy-tadqiqot, tajriba konstruktorlik muassasalarining 140 dan ortiq texnologik ishlanmalari namoyish etildi.
  • Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi XIII Osiyo chempionatida o‘zbek gimnastikachilari muvaffaqiyatli qatnashib, 16-28 avgust kunlari Xitoyning Nankin shahrida bo‘ladigan o‘smirlar o‘rtasidagi II Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishdi.
  • Farg‘onada yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan “Yosh tadbirkorlar – bank e’tiborida” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
  • Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati birinchi ligasining yarim final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yana o‘qing:  Xushxabar, raqamlar (2015-21)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: