Planshet bilan tenglashmoqda
Smart-soatlar dizaynerlarning fikriga ko‘ra nafaqat vaqt, ob-havo ma’lumotlarini bilishda, balki boshqa yangiliklardan bohabar bo‘lishda ham qo‘l kelmoqda.
Watch-ME sistemasi boy funksional va katta displeyga ega. Mazkur Watch-ME displeyi odatiy gadjetlardan o‘zining egiluvchanligi bilan farq qiladi. OLED-displeyi qurilmaning uzunligi bo‘yicha “tortilgan” bo‘lib 140x20 mm o‘lchamga egadir. Ekranda turli (vidjet) xabarlar va yangiliklar bilan tanishish mumkin. Shuningdek, soat orqali SMS jo‘natish hamda elektron pochta xizmatidan foydalanish mumkin.
Umuman aytganda, Watch-ME smartfon hamda planshet bajaradigan barcha funksiyalarga moslashtirilgan.
MEHRIBONU