Buyuk shoirga ehtirom

Buyuk ajdodlarimizning bizga qoldirgan boy merosini o‘qib-o‘rganish, ularni asrab-avaylab kelgusi avlodlarga bus-butunligicha yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir.

Toshkent Matbaa-noshirlik kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tgan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan bayram kechasida ham shu xususida so‘z bordi. Boburning shoh asari – “Boburnoma”ning yaratilish tarixi, undagi boy manba haqidagi ma’lumot o‘quvchilar bilimini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.

Tadbirda kollej o‘quvchilari shoir g‘azallaridan na’munalar o‘qib, sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi. Shuningdek, Toshkent davlat madaniyat va san’at instituti talabalarining ijro etgan kuy va qo‘shiqlari tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Nargiza MATRIZAYEVA,

kollej o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  XAYRLI SAYOHAT

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: