Kitobga oshno bolalar
Farg‘ona shahridagi 9-umumta’lim maktabi kutubxonasi hamisha o‘quvchilar bilan gavjum. Boy kitob fondiga ega kutubxona zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.
– Kitob insonni kamolotga yetaklovchi xazina, o‘tmish, bugun va kelajakni bog‘lab turadigan vosita, – deydi maktab kutubxonachisi Nigora Hasanova. – Kutubxonamizda kitobxonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.