Sovg‘ami yoki g‘avg‘o?

Sherzod bilan Shaxzod tong otishini rosa intiqlik bilan kutdi. Chunki bugun yakshanba. Buvijoni ularni istirohat bog‘iga olib borishga va’da bergan.

Bolakaylar chala-chulpa nonushta qilishdi. Dadasi mashinasida tashlab qo‘ymoqchi bo‘ldi. Mavjuda buvi:

– Saharmardonlab parkda nima bor? Sal kun qizisin. Odamlar ko‘paysin. Qolaversa, g‘izillab borvolishning qizig‘i yo‘q. Bolalarimni o‘zim avtobusda sayr qildirib olib boraman, – deb unamadi.

Ular tushga yaqin yo‘lga chiqishdi. Bog‘dagi katta-katta, baland-baland daraxtpoyalarni ko‘rib bolalarning hayrati toshib ketdi: – Buvijon nega bizning olmamiz bunaqa baland emas, buvi, buvijon, nega bizning o‘rik daraxtimiz tanasi ozg‘in? Ular qachon katta bo‘ladi. – Buvijon, biz ham bog‘imizga ana shunaqa daraxt ekaylik, – biri olib, biri qo‘yib chug‘urlashardi bolakaylar.

– Voy bolajonlarim-ey, bitta-bitta gapiringlar. Nima siz bu yerga sayr qilgani kelganmisiz? Yoki tekshirganimi?..

– Bu chinor ikki yuz-uch yuz yoshda bo‘lsa kerak. Axir bizning bog‘imizga endi uch oy bo‘ldi-ku. Shoshmasangiz ular ham shunaqa katta bo‘ladi.

– Vuy, buvijon bu chinor sizdan ham kattami, – so‘radi Shaxzod.

– Dodangizdan ham katta, – kuldi Mavjuda xola.

– Shuning uchun u sizdan ham baland, sizdan ham semiz ekanda, – bilag‘onlik qildi Sherzod.

– Buvijon, bizni o‘rigimiz sizday bo‘lganda-chi, teppasiga chiqib sizga o‘zim o‘rik terib beraman.

– Tilingga shakar bolam, u menday bo‘lguncha, sen mendan ham katta bo‘lasan.

– Unda, teppasiga chiqmasdan, yerda turib, shoxini egib terib olaveraman ekanda.

– Buvijon, dodam o‘rikni teppasiga chiqmadi, shunday qo‘l uzatganda yetadi. Bizga bir hovuch dovuchcha terib berdilar…

– Shaxzod yugur ana arg‘umchoq, yur uchamiz. – oldinga yugurdi Sherzod suhbat mavzusidan chalg‘ib.

– Shoshma, bolam shoshma. Men avval, anavi chiptachi amakiga pul to‘layman keyin uchamiz, – hamyonini qo‘liga oldi Mavjuda xola.

– Ie, buvijon, siz ham uchasizmi? Buvilar arg‘umchoq uchmaydi. Uchsa uyat bo‘ladi, yugurib ketayotgan joyida to‘xtadi Shaxzod.

– Agar bilsang kampir buvilar kechasi uchmaydi, bizni buvimiz qari emas tishlari bor. Arg‘umchoq uchaveradi, – to‘g‘rimi buvijon, – buvisining qo‘lidan ushladi Sherzod.

– Bo‘bti, unda men buvim bilan uchaman. Sen o‘zingga buvi top, – buvisini quchoqladi Shaxzod.

– Men yosh buvimanmi, – deya kuldi Mavjuda xola. Mavjuda xola kechgacha nabiralari bilan maza qilib bog‘ kezdi. Ular bilan birga ovqatlandi. O‘zi ham yosharganday bo‘ldi. Anavi o‘lgur durbin bo‘lmaganda…

Mavjuda buvi bolalariga kitob, uchadigan shar olib qaytayotgandi. Birdan Shaxboz aka telefon qilib hozir boraman uyga birga ketamiz dedi.

– Ungacha charchamagan bo‘lsanglar yana bir oz aylanamiz. Bir pas kutsak dadang keladi. Mavjuda buvi o‘rindiqdan turdi.

– Charchamadik, charchamadik, – chug‘ullashdi bolalar. – Buvijon anavi sotuvchi xolada durbin bor ekan olib beraqoling, buvisini do‘kon tomonga sudradi Shaxzod.

– Durbinni nima qilasan, ana sharingni uchir, – ko‘nmadi buvisi.

– Obbering buvijon, obera qoling, unga qo‘shildi Sherzod.

– Bo‘bti, bitta olamiz.Ikkalang talashmay o‘ynaysanlar, – shart qo‘ydi Mavjuda xola.

– Avval men ko‘raman, avval men – buvisining qo‘liga yopishdi bolalar.

– Boshlayapsizlarmi, – qoshlarini chimirdi buvi.

– Bo‘bti, talashmaymiz, – durbinni ko‘ziga yaqinlashtirdi Shahzod.

– Dadalari kelguncha bolalar galma-gal durbin tomosha qilishdi.

Mavjuda xola gazeta o‘qidi.

– Shaxzod, nega ko‘zingni tagi qizil, nima qildi? – o‘g‘lini yuzidan o‘pib so‘radi Shaxboz aka.

– Hech narsa, qilmadi, – ko‘z ostini siladi Shaxzod. Ular mashinada ham durbin ko‘rib ketishdi.

Mashinadan tushib ichkariga kirishlari bilan kutib olgan oyilari:

– Voy sho‘rim, Shaxzod yuzingga nima qildi, qonab ketibdi-ku! – dedi vaxima bilan.

– Yo‘g‘e, bir yaxshi ketishgandi-ku! – Mavjuda buvi shunday deb nabirasining yuziga qaradi. Uning ko‘z osti qip-qizarib shishib chiqqandi.

– Hech narsa qilmadik. Faqat durbin tomosha qildik, – dedi Shaxzod yuzini silab, achishyapti.

Oyisi Sherzodning qo‘lidagi durbinni tortib oldi, sinchiklab qaradi.

– Noinsoflar, shunaqayam o‘yinchoq sotishadimi. Axir oynasining qirrasi ochiq ekanku. Bolamning yuzini kesib tashlabdi.

– Yaxshiyam ko‘ziga zarari tegmabdi, – dedi Mavjuda xola hijolatomuz.

Afsuski, Shaxzodni bo‘lmasa ham Sherzodning ko‘ziga zarar qilgan ekan. Ertalabgacha uning ko‘zi qizarib qovoqlari shishib ketdi.

Shirin opa bolalarini olib do‘xtirga ketdi. Shaxboz aka esa bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi o‘yinchoqlar sotayotgan do‘konchi xolani izlab yo‘lga tushdi…

Bolalarga sovg‘a emas g‘avg‘o olganidan afsuslanayotgan Mavjuda buvi esa hijolatdan nima qilishini bilmay darvoza oldida turib qoldi.

Muhabbat HAMIDOVA

Yana o‘qing:  Ellen Robena Fild. Mitti yangi yil

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: