Xushxabar, raqamlar (2014/7)
2014 yilda 34 ta oliy o‘quv muassasasida qurilish, rekonstruksiya va jihozlash ishlarini amalga oshirish uchun 173 milliard so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan. Jumladan, Andijon, Qarshi davlat universitetlarida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlarida yangi o‘quv binolari va axborot-resurs markazlari qurish mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, 51 milliard so‘m mablag‘ hisobidan mamlakatimizdagi 17 ta oliy o‘quv yurtida kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.