Hikmatlar sandig‘i (2014/6)
Ko‘p degan ko‘p yangilur va ko‘p yegon ko‘b yiqilur.
(Ko‘p so‘zlagan adashadi va ko‘p yeydigan odam ko‘p kasal bo‘lib yiqiladi).
Qolibi amrozning moddasi ko‘p yemakdur va qalb amrozining moddasi ko‘p demakdur.
(Kasalliklarning moddasi ko‘p yeyish bo‘lsa, yurak illatlarining moddasi ko‘p gapirishdir).
Nekim bo‘lsa mizojingg‘a guvoro,
Anga ko‘p mayl qilma oshkoro.
(Nimaiki mijozingga yoqimli bo‘lsa ham, biroq unga ortiqcha moyil bo‘lma).
G‘izo bo‘lsa mufidu tab’ rog‘ib,
Bas et tab’ing hanuz o‘g‘londa tolib.
(Ovqat foydali bo‘lib, ko‘ngilga mos bo‘lsa ham yana yeging kelib, tabiating tortib turganda ham yeyishni to‘xtat).
Agar hayvon suyidur g‘ayri maqdur,
Erur gar me’da qilmas hazm, ma’zur.
(Agar topilmaydigan obi hayot suvi bo‘lganda ham me’da hazm qilolmasa, uzrlidir).
Moddakim, bermasa marham kushod,
Nishtar – o‘q aylar anga daf’n fasod.
(Moddani malham pishitib, ocholmasa, undagi fasod (yiringni) nishtar daf etadi).
Vagar hikmatqa bo‘lsa iltifoting,
Ki bo‘lsun Nuh umricha hayoting.
(Agar seni hikmatga, ya’ni tabobatga iltifoting bo‘lsa, sening hayoting Nuh umricha uzun bo‘lsin).
Oz yemak sihatqa bois.
Me’da o‘zi xurdidagi oshni,
Hazm qilur, yo‘qki ushoq toshni.
(Me’da kichik toshni emas, balki o‘z quvvati yetadigan oshni hazm qiladi).
Har kimgaki ko‘p taom yemak fandur,
Bilgilki, kasallikka tani maskandur.