Kollejda salomatlik kuni

Yoshlarning ma’nan va jismonan barkamol bo‘lib voyaga yetishi, ularni kelajakda oilasiga, Vataniga nafi tegadigan fidoyi va vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashdek ezgu maqsad yurtimizda olib borilayotgan siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Ayni paytda yurtimizning barcha dargohlarida bo‘lgani singari Toshkent moliya va iqtisodiyot kollejida ham bu borada samarali faoliyat yuritilmoqda.

Muassasada yoshlarning ta’lim olishi uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo. Ta’lim dargohida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida ko‘plab tadbir va musobaqalar o‘tkazilib kelinmoqda.

Yaqinda kollejda bo‘lib o‘tgan “Shunqorlar” musobaqasi ham ana shu ezgu maqsad yo‘lida tashkil etildi. Unda Dilmurod Ziyovuddinov, Azamat Mirzahmatov, Maftuna Nosirjonova, Lobar Jalilova kabi yigit-qizlar turli shartlar bo‘yicha bellashib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar Sergeli tuman “Kamolot” YOIH bo‘limi hamda kollej rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Sojida POYONOVA

Yana o‘qing:  Kollej va oliy ta’lim muassasalari hamkorligi o‘quvchilar bilimini mustahkamlashga xizmat qiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: