Tabiatning jonli bo‘lagi

Har yili fevral oyining ikkinchi sanasida xalqaro Suv-botqoq hududlar kuni nishonlanadi. Aynan 1971-yilning shu kunida “Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan asosan suvda suzuvchi qushlar yashash joylari hisoblangan suv-botqoq hududlar to‘g‘risida”gi global miqyosdagi xalqaro Konvensiya imzolangan edi.

Bu yil ana shu kunning mavzusi “Vetlandlar va qishloq xo‘jaligi: rivojlanish maqsadlarida hamkorlik” deya ataldi. An’anaviy tarzda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “Chinor” ekologik nashriyot kompaniyasi, “O‘zbekiston qushlarni muhofaza qilish jamiyati” hamkorlikda mazkur ekologik sanaga bag‘ishlab davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda mutasaddi vazirlik va idoralar, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari rahbar va vakillari, olim va ornitolog mutaxassislar hamda jurnalistlar ishtirok etdilar.

Suvli-botqoqli hududlar yoki vetlandlar (ing.tilidan “wetland”- nam, suvli joy) deganda namlik darajasi yuqori, torfli botqoqlar, tabiiy yoki sun’iy ochiq suv havzalari, suv ombori singari sun’iy suv havzalari va boshqalar kiradi. Mazkur tabiiy komplekslar nafaqat chuchuk suv manbalari, rekreatsiya va turizmning istiqbolli ob’ektlari, balki hududning iqlim sharoitini barqarorligini saqlab qolish, muqim hamda ko‘chib o‘tuvchi qushlar uchun qulay istiqomat manzili bo‘lib xizmat qilish, ularning tarixiy migratsion yo‘llarini aniqlashdagi o‘rni juda ham muhimdir.

Suv-botqoqli hududlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning muhim siyosiy usuli – Ramsar Konvensiyasi hisoblanadi. Hozirda 168 ta mamlakat, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi ham mazkur Konvensiyaga a’zo bo‘lgan.

Yana yig‘ilishda O‘zbekiston qushlarni muhofaza qilish jamiyati tomonidan Biologik xilma-xillik resurslaridan barqaror foydalanish uchun ta’lim materiallari to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘quv paketi biologik xilma-xillikning alohidagi komponenti-qushlardan barqaror foydalanish uchun tematik o‘quv paketi bo‘lib, “O‘zbekiston qushlarining qisqacha ma’lumotnomasi. 130 ta turlari” va “O‘zbekiston qushlari fotosuratlari va ovozlari. 460 turlari” SD-diskidan iborat. Mazkur paket O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.

Gulchehra SHIRINOVA

Яна ўқинг:  Франциялик шифокорлар 12 болани жарроҳлик операциясидан ўтказди

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: