Mehnatga munosib rag‘bat

Yaqinda O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan “Jamiyat va men – 2013” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda respublikamizdagi bosma va internet nashrlari, axborot agentliklari jurnalistlari va fotojurnalistlari, shuningdek, jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur tanlovda 100 nafardan ziyod soha vakillari ishtirok etib, ular tomonidan 2000 dan ziyod materiallar taqdim etildi. Unda 10 ta yo‘nalish bo‘yicha tanlov e’lon qilingan bo‘lib, yettita yo‘nalishi bevosita jurnalistlarning turli sohalarga ixtisoslashuvi bilan bog‘liq.

Ma’lumki, mazkur soha xodimlarini rag‘batlantirish, kasb malakasi va mahoratini oshirish borasida har yili respublika miqyosida qator tanlovlar o‘tkaziladi. Birgina fond tomonidan sohani rivojlantirish, jurnalist kadrlarni rag‘batlashtirish borasida 2013 yilda qator tadbirlar uyushtirilib, tahririyatlar moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga erishilgani quvonarli hol. Shuningdek, tahririyat xodimlarining ish sharoitini yaxshilash, mehnat faxriylarining samarali mehnatlarini qadrlash maqsadida turli loyihalar qo‘llab-quvvatlanganligi sohaga bo‘lgan e’tiborning yorqin namunasidir.

Anjumanda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” Konsepsiyasidagi OAVning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, davlat hokimiyati bosh­qaruvi organlari faoliyatining ochiqligi, axborot sohasiga bozor mexanizmlarini joriy etish va ular faoliyatiga ilg‘or axborot-kommunikatsion texnologiyalarini kiritish, media tizim faoliyatini kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.

Tadbir nihoyasida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

N. MENGLIYEVA,

TDYUU o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Konkur bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqa o‘tkaziladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: