Farzandingizni antennaga aylantirmang!

 

 

XXI asr – bu ilg‘or texnologiyalar asri bo‘lib, mobil telefon orqali muloqotsiz inson hayotini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bugungi kunda mobil telefonlar birlamchi zaruriyat buyumiga aylandi. Tezkor aloqa dunyoning turli burchaklarida yashayotgan insonlar o‘rtasidagi muloqotni osonlashtirdi. Hozirgi vaqtda har qanday xabarlar (yozma yoki ovozli) elektr energiyasi ko‘magida uzatiladi. Elektr signallari simlar orqali bir zumda harakatlanadi va radio to‘lqinlar yordamida xabarlar yuborilgan zahoti bizga yetib keladi. Signallar hamma joyda yangramoqda. To‘lqinlar hatto bizning tanamizning ajralmas qismiga aylandi. Bu qanchalik zararli?

Bugun uyali telefonning ta’siri haqida hamma gapiryapti, jumladan fiziklar ham. Hozir kimga va qachon masofadan aloqa qilish imkoniyati haqidagi fikr birinchi bo‘lib kelgani haqida aniq aytish qiyin. Biroq g‘oya juda qadimdan mavjud bo‘lgan. Yaqinlashib kelayotgan xavf haqida xabar beruvchi signal gulxanlari tizimi o‘rnini simli telefon va telegraf aloqasi egalladi.

Telefon – bu nutqni uzoq masofaga uzatuvchi aloqa qurilmasidir. Eng sodda telefon sxemasi – mikrofon vazifasini bajaruvchi quti va ipdan iborat. Uyali aloqa tarixining haqiqiy boshlanishi 1946 yilda AQSHning Sent-Luis shahrida boshlangan. 

1990 yilga kelib, dunyoda uyali telefon foydalanuvchilari soni 10 milliondan oshdi va keyinchalik bu ko‘rsatkich geometrik progressiya bo‘yicha o‘sib bordi. 1996 yilda uyali telefonlarning baxtli egalari soni 100 millionni, 2002 yilda – bir milliardni, 2007 yilda esa – ikki milliarddan ortiqni tashkil etdi. Bugungi kunda sayyoramiz aholisining har uchinchisi (chaqaloqlarni ham hisobga olganda) uyali telefonga ega, rivojlangan mamlakatlarda esa “mobil telefon”siz odamlar deyarli qolmagan.

 

Inson hayotiga ta’siri

Eng asosiysi – vaqtni tejash va qulaylikdir. Qarindoshlar, do‘stlar, ishdagi hamkasblar bilan bevosita uchrashmasdan turib ham muloqot qilish imkoniyati mavjud. Mobil telefon egasiga o‘zini ancha ishonchli va xavfsiz his qilishga yordam beradi, chunki u istalgan paytda yaqinlari, do‘stlari yoki tanishlariga qo‘ng‘iroq qilib, yordam so‘rashi mumkin. Albatta, telefon aloqasining paydo bo‘lishi bilan barcha kommunikatsiyalar sezilarli darajada soddalashdi – muhim axborotni uzatish uchun endi ancha kam vaqt va kuch talab etiladi.

Uyali telefonlarning ayrim modellari abonentning harakatini kuzatish funksiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi – istalgan vaqtda insonning ayni paytda qayerda ekanini xaritada ko‘rish mumkin. Mobil telefonlar – bu nafaqat aloqa vositasi, balki kompyuter, internet, sun’iy yo‘ldosh televideniye hamdir. Bularning barchasi axborot davrining ajralmas qismi hisoblanadi.

 

Organizmga ta’siri

Radioaloqa vositalari deyarli bir asr davomida rivojlanib kelmoqda. Uyali telefon esa ommaviy vosita sifatida faqat so‘nggi o‘n yillikda keng tarqaldi va bu qadar qisqa vaqt oralig‘i uning afzalliklari bilan bir qatorda zararli jihatlari ham insonlarni tadqiqotlar o‘tkazishga majbur qildi.

Olimlarning fikricha, ayrim odamlarda mobil telefonlarga bo‘lgan psixologik qaramlik kompyuterga qaramlikdan ham kuchliroqdir.

Ha,  mobil aloqa o‘rganib qolishga sabab bo‘ladi. Ba’zilar uchun bu sivilizatsiyaning boshqa qulayliklaridan farq qilmaydi, ammo ayrimlar uchun aloqa og‘riqli odatga aylandi. Ayniqsa, bolalar orasida.

Yana kamroq anglanadigan, shu sababli yanada xavfliroq zarar ham mavjud – yangi texnologiyalarning insoniyatga yetkazayotgan zarari. Tobora ko‘proq hollarda jonli insoniy muloqot uning “taqlidlari” bilan almashtirilmoqda.

 

Miya faolligiga ta’siri

Hozirgi vaqtda ko‘plab maishiy buyumlar elektromagnit nurlanish manbai hisoblanadi (televizor, kompyuter, mikroto‘lqinli pech). Ammo televizor tomosha qilayotganimizda biz undan ma’lum masofada bo‘lamiz, mobil telefondan foydalanganda esa boshimiz to‘liq nurlanish ta’sirida qoladi. Texnik vositalar orasida insonga ta’sir etuvchi nurlanish darajasi bo‘yicha mobil telefon bilan tenglasha oladigan qurilma deyarli yo‘q.

Mobil telefonlar chiqaradigan nurlanish xotira va harakat bilan bog‘liq bo‘lgan miya sohalariga zarar yetkazadi.

Radiochastotali signallar organizmimizda kechadigan kimyoviy jarayonlarga ta’sir qilib, stress oqsillarining ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi. Odatda bunday stress oqsillari yuqori haroratda yoki og‘ir kasallik vaqtida ajraladi, bu holatda esa ular oddiy telefon ishlatilganda hosil bo‘lmoqda.

Isbotlanganidek, agar inson har kuni uyali telefon orqali 45–60 daqiqadan ortiq gaplashsa, bosh og‘rig‘idan qochib qutula olmaydi.

Olimlar tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, uyali aloqa foydalanuvchilari orasida uyquchanlik, asabiylik ko‘proq uchraydi va aynan shu odamlar bosh og‘rig‘idan eng ko‘p shikoyat qiladilar.

 

Ko‘rish qobiliyatiga ta’siri

Telefon ekranining nurlanish darajasi juda past. Muammo nurlanishda emas, balki ekran o‘lchamining juda kichikligidadir. Inson ko‘zi shunday tuzilganki, juda kichik ob’yektga diqqatni jamlash unga nihoyatda qiyin.  Ayniqsa mobil chatlar yoki mobil o‘yinlar bilan uzoq vaqt shug‘ullanganda, ko‘z mushaklari miyaga aniq tasvir uzatish uchun haddan tashqari zo‘riqishga majbur bo‘ladi va kuchlanish eng yuqori darajaga yetadi.

Bu boradagi so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kuniga ketma-ket ikki soat mobil telefon bilan muloqot qilishning o‘zi ham bir yil ichida ko‘rish qobiliyatining 12–14 foizga pasayishiga olib kelishi mumkin.

 

Eshitish qobiliyatiga ta’siri

Uzoq davom etadigan suhbat vaqtida quloq haroratining, quloq pardasining, unga tutash to‘qimalarning hamda miyaning shu qismiga yaqin hududining harorati oshishi kuzatiladi. Ko‘pchiligingiz uzoq suhbatdan keyin quloqda issiqlik hissi paydo bo‘lishini sezgan bo‘lsangiz kerak. Bu telefon uzatkichidan chiqadigan elektromagnit maydon ta’sirining natijasidir.

Yana bir muammo shundaki, biz telefonni tezda quloqqa yaqinlashtiramiz va aynan shu paytda qurilma keskin signal chiqarishi mumkin (ba’zilarida ulanish signali, ba’zilarida esa kelgan SMS haqida ogohlantirish va hokazo). Bunday holatlarda quloq pardasi uchun oqibatlar juda noxush bo‘lishi mumkin.

Bir xil qo‘ng‘iroqni uch-besh oy davomida, ayniqsa, mobil telefondan faol foydalanganda, takror-takror eshitish tovushli gallyusinatsiyalarga, go‘yoki “zombilashish” holatiga olib kelishi mumkin.

Bir necha yil davomida quloqchinlardan muntazam foydalangan odamda eshitish qobiliyatining qarishi jarayoni ikki-uch baravar tezlashadi. Soxta signallar, shovqinlar paydo bo‘ladi, aslida mavjud bo‘lmagan tovushlar eshitilgandek bo‘ladi, atrof-muhit tovushlari chalkashib ketadi. Buning sababi shundaki, quloqchinlardagi tovush sifati real muhitdagi tovushdan butunlay farq qiladi.

Olimlar aniqlashicha, mobil telefon qo‘yiladigan quloqda o‘sma rivojlanish xavfi qarama-qarshi quloqqa nisbatan 3, 9 baravar yuqori.

 

Yurak va qon tizimiga ta’siri

Ko‘pchilik uchun eng kutilmagan holat shundakimobil qurilma inson qonining tarkibiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shvetsiya universiteti fiziklari mobil telefonlardan chiqadigan elektromagnit nurlanish qizil qon tanachalari – eritrotsitlarni shikastlashi va ularning bir-biri bilan o‘zaro ta’sirini kuchaytirishi mumkin, degan taxminni ilgari surdilar.

Mobil telefon nimasi bilan xavfli? Unda elektromagnit to‘lqinlar manbai mavjud. Asosiy to‘lqindan tashqari, uning manbaida garmonikalar yoki modulyasiyalar ham bor. Gap shundaki, insonning o‘zi ham elektromagnit tizimdir. Ma’lumki, qonimiz sho‘r bo‘lib unda naslning musbat va manfiy ionlari mavjud. Shu sababli bunday ta’sir qonning yopishqoqligi ortishiga olib kelishi, qon hujayralari tromblar hosil qila boshlashi mumkin, bu esa yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘ladi.

Agar telefonni bo‘yin atrofida yoki ko‘krak cho‘ntagida olib yursak, u yurakka ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Buning sababi – miyamizni qizdiradigan o‘sha elektromagnit to‘lqinlardir. Yurak holatida esa ular nafaqat haroratni oshiradi, balki yurak urish ritmini ham faol ravishda buzadi.

 

Bolaga mobil telefon sovg‘a qilganingizda, siz uni antennaga aylantirasiz!

Telefon ishlab chiqilishida inson tanasi antenna tizimi elementi sifatida ko‘rib chiqiladi. Yuqori chastotali nurlanishning asosiy manbai – telefon antennasi bo‘lib, ko‘pchilik telefon modellarida u ko‘rinmasa-da, har birida mavjud (ba’zida u telefon korpusi ostida joylashgan bo‘ladi).

Bolalar kattalarga nisbatan yanada kuchli va keng qamrovli elektromagnit ta’sirga duchor bo‘ladi: Ularning miya to‘qimasi yuqori o‘tkazuvchanlikka ega, boshlari kichik va suyak qatlami ingichka. Bolalar organizmi elektromagnit maydonga kattalarga nisbatan sezgirroqdir.

Shu bois ularning miyasi elektromagnit maydonga takroriy duchor bo‘lganda salbiy reaksiyalarni to‘plashga ko‘proq moyil. Elektromagnit maydon yuqori nerv faoliyati jarayonlarining shakllanishiga ta’sir qiladi. Zamonaviy bolalar mobil telefonlardan kichik yoshdan foydalanadi va voyaga yetgach ham ishlatishni davom ettiradi. Shuning uchun ularning elektromagnit nurlanish bilan aloqa davomiyligi bugungi kattalarga nisbatan sezilarli darajada ko‘proq bo‘ladi.

Bir tajribada olimlar bolalarning bosh shakllarini, tipik o‘lchamlarini va qatlamlar bo‘yicha o‘tkazuvchanligini takrorlovchi maketlar yasab, ularni nurlanishga duchor qilganlarida, ular kattalarga nisbatan 2–4 baravar ko‘proq elektromagnit energiyani so‘rib olganini aniqlashdi.

 

Kimning telefonida ko‘proq o‘yinlar bor?

Yoshlar orasida uyali telefon uzoq vaqtdan beri faqat qo‘ng‘iroq qilish vositasi bo‘lib qolmay, o‘yinchoq darajasiga o‘tgan. Kimning telefonida ko‘proq o‘yinlar bor? Shu va boshqa savollar yosh abonentlarni qiziqtiradi. Faqat so‘nggi ikki yil ichida 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning ulushi 23foizdan 67foizgacha oshdi.

Bolalar organizmiga telefon ta’siri alohida xavotir uyg‘otadi. Mobil telefonlarning nurlanishi ayniqsa, bolalar organizmiga ta’sir qiladi, chunki ularning immun tizimi to‘liq rivojlanmagan. O‘smirning miyasi uchun katta zarar yetadi, chunki uning miya hujayralari hali rivojlanmoqda va kerakli ma’lumotlarni olmoqda. Shu bilan birga radio to‘lqinlar miya qobig‘i va miyani shikastlaydi, qon aylanishini qiyinlashtiradi, qon bosimini oshiradi va qizil qon hujayralarining soni kamayishiga olib keladi.

Zamonaviy hayot sharoitida mobil telefondan foydalanishni to‘liq rad etish deyarli mumkin emas. Ammo farzandarimizni salbiy oqibatlardan himoyalanish ham unutmaylik.

Hech bo‘lmasa farzandlarimizni antennalarga aylantirmaylik!

 

 

Shokir BERDIYEV, 

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: